» » O‘zbekiston tashqi savdo vaziri tayinlandi

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri tayinlandi


“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Sardor Umurzoqov O‘zbekiston tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

U bu lavozimda biroz avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangani xabar qilingan Jamshid Xo‘jayev o‘rnini egalladi.

Sardor Umurzoqov 2018-yilning 1-iyun kuni “O‘zcharmsanoat” uyushmasining raisi etib tasdiqlangandi. U bundan avval “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Sardor O‘ktamovich Umurzoqov 1977-yilning 23-noyabr kuni tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

2000—2003-yillar davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (avvaliga bosh ofisda, so‘ng - Samarqanddagi bo‘linmada) ishlagan. 2003-yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) o‘z faoliyatini boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют