» » “Mangu” – Faol investitsiya

“Mangu” – Faol investitsiya


“Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya bu – iqtisodiyotning drayveri, sodda qilib aytganda, iqtisodiyotning yuragi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasida ta’kidlagan so‘zlari bizdan zamonga, iqtisodiyot va pul tizimiga yangicha nigoh bilan qarashni talab etmoqda.

Barchamizga ma’lumki, faol investitsiya o‘z tanasi ya’ni investitsiya qilingan mablag‘ini saqlagan holda investorga qo‘shimcha daromad ham keltiradi. Investorning bunda faqat mablag‘i emas o‘zi ham bevosita fikriy salohiyati bilan ishtirok etsa, to‘g‘ri tahlillari uni yuksak marralarga yetaklashi mumkin. Hali hech kim qilmagan faoliyatga birinchilardan qo‘l urish odatda mislsiz muvaffaqiyat keltiradi. Spekulyatsiya yoki tavakkal qilishdan farqli o‘laroq zamonamiz virtual tizimda yangicha fikrlashni yuqori qiymatda baholamoqda. Virtual raqamli pullar, birjalar, “bitkoin”lar bunga yorqin misol!..

2018-yilda chindan ham eng faol investitsiya vositalaridan biri bo‘lgan, asl 1 Mangu narxi dastlab 1 AQSh dollari qiymatda baholanib, qiymati hozirda tushirib sotilayotgan tokenlar 11 oy ichida nominali 1000 so‘mdan keskin yuqorilab, 500,07% ko‘tarildi. Bugungi kunda baza narxi 5070 so‘mni, ichki narx esa 11% arzonlab o‘rtacha 4512 so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa 11 oy ichida 489,07% o‘sish demakdir!

Asl narxi 1$ bo‘lgan summa yuvilgach, xalqaro elektron birjaga ham chiqishi kutilayotgan innovatsiya bugungi kunda murakkab texnik bosqichlarni yakunlamoqda. Yurtimizda hali bugungacha boshqa bu kabi investitsion loyiha kuzatilmagan.

Xo‘sh “Mangu” o‘zi nima?!

“Mangu” aktivlari – jismoniy shaxslar uchun to‘lov imkoniyatlari kengayib borishiga ko‘ra narxi o‘zgarib, aksariyat holatda ko‘tarilib boruvchi elektron birja obligatsiyasi, innovatsion tashkilot zayomi demakdir. Atiga 1017125 (bir million o‘n yetti ming bir yuz yigirma besh) dona o‘zgarmas aktivlarning kelgusida qayta emissiya qilinmasligi, umumiy sanoqning cheklangani aktivlar qadrining tobora oshib borishiga xizmat qiladi. Ommaviy offerta shartlari bilan tanishib ro‘yxatdan o‘tgan har bir xaridor 2028-yilning oxirigacha amal qiluvchi huquqiy shartnomaga dahildor hisoblanadi. Shartnoma aktiv egasi bo‘lgan jismoniy shaxs istagan paytida platformadagi Brendlarning mahsulot va xizmatlariga amaldagi 1 “Mangu” kursi bo‘yicha to‘lov qilishi mumkinligi, boshqa investorlar bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra aktivlarni naqdlashtirib olish imkoniyati berilishi, aktivning nominal narxi dastlab loyiha start olgan 1000 so‘mdan pastga tushmasligi kabi manfaatli asoslar bilan kafolatlangan.

“Mangu” piksellari esa – tadbirkorlar uchun aynan 1 “Mangu” aktivi narxi va sanog‘ida sotuvda bo‘lgan brendlarning 10 yillik reklamasini kafolatlovchi innovatsion nuqta demakdir. Demak, platformaning tanga shaklidagi asosiy sahifasida 1017125 dona piksel (xuddi supermarketdagi kvadrad metr kabi) joylashgan. Ular 100 donadan 5000 donagacha ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar: yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga 2028-yilning oxirigacha amal qiluvchi reklama va savdo qilish uchun joy va o‘z o‘rnida elektron obligatsiya sifatida taqdim etilmoqda. Chunki brendlar ham amaldagi aktivlar narxida bo‘lgan o‘z piksellarini keyinchalik talabga ko‘ra boshqa subyektlarga sotib yuborishlari mumkin.

Jamiyatning asosiy nigohi internetga qaratilgan bugungi kunda tadbirkorning “virtual yuzi” – o‘z sayti bo‘lgani katta yutuq. Biz rezidentlarimizga “mangu.brend.uz” shaklidagi maxsus sayt – “Mangu – Innovation” virtual bozorida o‘z mahsulot va xizmatlarini boshqarib boruvchi maxsus bo‘lim taqdim etamiz. Tadbirkorning bir martalik to‘lovi “Mangu” innovatsiyasiga 10 yilllik a’zolik badalini o‘z ichiga olib, bunda Brendlar istasa so‘m, istasa “Mangu” aktivlari bilan ham savdo qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Raqamli to‘lovlarga asoslangan savdo jarayonida yangicha reklama uslubi va innovatsion savdo vositasi xaridorlarni albatta o‘ziga jalb etadi hamda yangi xaridorlar oqimiga keng yo‘l ochib beradi. Brend o‘ziga biriktirilgan maxsus elektron hamyonga “Mangu” aktivlarini qabul qilib savdo tushumini yuritdi. Har oyning 20-sanasida aktivlar Bazaga qaytarilishi hisobiga 3% xizmat haqi ushlab qolgan holatda brendning bankdagi hisob raqamiga naqd pul o‘tkazib beriladi. Bunda brendlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son qaroriga muvofiq aynan raqamli aktivlar bilan amalga oshirgan pul munosabatlariga soliq to‘lovlarini to‘lamaydilar. Ular ko‘rsatilgan imtiyozda hisoblanib, bugungacha 5% dan 23% gacha to‘lab kelayotgan daromad soliqlaridan butunlay ozod etilishlari mumkin.

Bundan tashqari brendlarning maxsus reklama bannerlari sotib olgan piksellari miqdoricha bo‘lgan sanoqda har kuni, o‘n yil davomida(!) platformadagi hatti-harakatlar mobaynida ishtirokchilarimizga muntazam ko‘rsatib boriladi.

“Mangu – Innovation” aktivlari esa asosan xuddi shu brendlar uchun sotilayotgan reklama va savdo qilish uchun joy – piksellar hisobiga o‘z narxini o‘zgartirib boradi.

Tadbirkormisiz?! Investitsion innovatsiyaga a’zo bo‘ling! 2019-yilning eng shov-shuvli loyihasi bo‘lishi kutilayotgan “Mangu” bilan biznes osmonida nomingiz mangu porlaydi!

Joriy yildan boshlab loyihamiz murakkab internet loyihalar bilan ishlovchi gruppa “IT MAKER” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z ishini davom ettirmoqda “IT MAKER”, “Mangu – Innovation”ning mukammal elektron birja shakli va IOS va Android versiyalarini yakuniga yetkazish arafasida.

“Mangu – Innovation”da mavjud virtual obligatsiyalar – sanog‘i cheklangan (1017125*2) aktiv va piksellarning kelgusida qayta emissiya qilinmasligi innovatsiyaning tobora ommalashuvi hamda yuksalishini belgilamoqda.

“Mangu – Innovation” harakatlari Mirzo Ulug‘bek Innovatsiya markazining №00317-son guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tavsiya xatlari asosida tasdiqlangan. 

2018-yilning 3-iyul sanasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarori, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi loyihasida ilgari surilgan yo‘nalishlar asosida ish olib borilmoqda.

“Mangu – Innovation” boshidanoq shaffoflikka intilgan. Shu bois, investorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra hozirda texnik-strategik ishlar jarayonida innovatsion birjadagi narx belgilanishi avtomat tizimga o‘tkazilishi kutilmoqda. Endigi kurs o‘zgarishi innovatsiyaning kengroq ommalashuvi – investorlarimizning moliyaviy hatti-harakatlariga bog‘liq bo‘ladi!...

Bunda monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun faqat eng past va eng yuqori summani va hamyonlarning aktiv qabul qilish me’yorini belgilash bazada saqlanadi xolos.

Har bir profil egasida ikkitadan hamyon bo‘lib, birida so‘m birida esa aktiv saqlanadi. So‘mni aktivga yoki aktivni so‘mga onlayn konvertatsiya qilish mumkin bo‘ladi. Brendga to‘lov qilish odatda so‘m hamyon orqali, kelishuvga ko‘ra esa aktiv bilan amalga oshiriladi.

Birja tranzaksiyalarida ham faqat aktivlar o‘zaro almashiniladi.

Eslatib o‘tamiz, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid Prezident qarori qabul qilingan bo‘lib, yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi, tegishli Vazirlik va idoralar tomonidan ushbu yo‘nalishda jadal ishlar olib borilmoqda. Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ qilib belgilangan.

“Mangu – Innovation” loyihasining asosiy vazifasi aholining chet el valyutasiga bo‘lgan talabini kamaytirib, qulay, zamonaviy, innovatsion moliyaviy tizim orqali pul-kredit siyosatiga, davlat va jamiyatga foyda keltirishdan iborat.

Investorlarimiz fikricha, “Mangu – Innovation” raqamli iqtisodiyotga o‘tishimizda o‘z so‘zini aytdi. Kelajak iqtisodiyoti internet va raqamli investitsiyalar atrofida qurilar ekan, bu yo‘lga “Mangu” eng avval qadam qo‘ydi!..

Hozir Baza sotuvida taqriban o‘n ming dona aktiv bor, investorlarimiz soni yetti mingga yaqinlashdi. Ularning o‘n foizga yaqini chet ellik xaridorlar. Shoshiling, “Mangu” piksel va aktivlari narxi muddatli, sanog‘i esa cheklangan. Endi aktivlar narxini Sizning xarid belgilaydi birinchilar esa doim yutuqda bo‘ladi!..

Endi “Mangu” aktivlarini elektron hamyon ochgandan so‘ng PayMe ,UzCard, “PayNet” mahalliy to‘lov tizimlari,“Payer”, “Visa” xalqaro to‘lov vositalari orqali ham sotib olish mumkin. “Webmoney” “Yandex dengi”, QiWi tizimlariga ulanish ishlari olib borilmoqda. Piksellar esa Brendlar bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra pul o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.

Loyihaning Telegram kanaliga obuni bo‘ling.

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Foziltepa ko‘chasi 14-“A” uy.

Mo‘ljal: Uchtepa hokimiyati .

Loyiha bo‘yicha ma’lumot yuzasidan uzluksiz aloqa telefoni:

+998 71 200-87-88.

Yuridik shaxslar uchun shartnoma yuzasidan aloqa raqami:

+998 97 343-08-88.

Milliy virtual taraqqiyot “Mangu – Innovation” bilan!

Diqqat: Mangu.uz platformasi O‘zbekistonda ilk bor – raqamli aktiv tizimi asosida.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют