» » Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi

Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga qaytdi


O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari Suhrob Xolmurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, u boshqa lavozimga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Elyor G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan.

U Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbariga aylandi.

Elyor G‘aniyev 1997—2002-yillarda tashqi Iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002—2005-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o‘rinbosari), 2005—2006-yillarda tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o‘rinbosari), 2006—2010-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bo‘lib ishlagan. U 2010—2012-yillarda yana Tashqi ishlar vaziri (O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari), 2012-yil yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagandi.

2017-yil noyabr oyi oxirlaridan - prezident devonida sektor boshlig‘i, 2018-yil 27-avgustdan - prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют