» » Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi

Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi


Tashqi savdo vaziri sifatida ishlab kelgan Jamshid Xo‘jayev endi Qishloq xo‘jaligi vaziri sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Xo‘jayev bu lavozimga avvalgi vazir Bahodir Yusupov o‘rniga tayinlangan.

Oldinroq, xabar berganimizdek, Xo‘jayevning o‘rniga Tashqi savdo vaziri etib, “O‘zcharmsanoat“ uyushmasi raisi sifatida ishlab kelgan Sardor Umurzoqov tayinlangan.

Jamshid Xo‘jayev 1979-yilda tavallud topgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi stipendianti. 2003-yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yo‘nalishi magistranti. O‘z mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida ishlagan.

2017-yil oxirida tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют