» » BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan raketalar uchirilishi bo‘yicha yopiq maslahatlashuvlar o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan raketalar uchirilishi bo‘yicha yopiq maslahatlashuvlar o‘tkazadi


BMT Xavfsizlik kengashi 8-mart, chorshanba kuni Shimoliy Koreya tomonidan raketalar uchirilishi bo‘yicha yopiq maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Maslahatlashuvlar Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya maslahatlashuvlarni o‘tkazish tashabbuskori bo‘ldi. Oldinroq ushbu mamlakatlar tashqi ishlar rahbarlari o‘zaro muzokaralar o‘tkazgani ma’lum qilingandi.

KXDR g‘arbiy sohilidan Yapon dengizi yo‘nalishida to‘rtta raketa uchirdi. Yaponiya hukumatining ma’lum qilishicha, raketalar ming kilometrga yaqin parvoz qilgan va ulardan uchtasi Yaponiyaning maxsus iqtisodiy zonasi hududiga qulagan.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют