» » OPIC O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirishni boshlaydi

OPIC O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirishni boshlaydi


Amerikaning xususiy investitsiyalar korporatsiyasi 2018-yilda O‘zbekistonga qaytdi, deya xabar beradi “Spot”.

OPIC Jizzax shahridagi intensiv bog‘ va zamonaviy issiqxonani yaratish loyihasini moliyalashtiradi. U 180 gektar maydonda olma, bodom, shirin gilos daraxtlarini ekishni, shuningdek zamonaviy, yuqori sifatli issiqxonalarni qurish hamda jahonga mashhur yetakchi ishlab chiqaruvchilarning sovutish va quritish uskunalarni o‘rnatishni ko‘zda tutadi.

“Yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash va O‘zbekistonning qo‘shni davlatlari, shuningdek, Rossiya uchun eksport qilish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

Loyihaning ishga tushirilishi 2019-yilning mart oyiga mo‘ljallangan bo‘lib, ishlab chiqarish 2021-yilgacha to‘liq quvvatga yetkaziladi. Loyihaning umumiy qiymati 21 million AQSh dollarga teng. 150 tagacha ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan, ularning yarmi ayollarniki bo‘ladi.

Bu OPIC 2018-yilda mamlakatga qaytib kelganidan beri kompaniya tomonidan moliyalashtiriladigan ilk loyiha bo‘ladi. Hozirda OPIC bilan hamkorlikda mehmonxona biznesi, xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningde qishloq xo‘jaligida qator boshqa sarmoyaviy loyihalar ishlab chiqilmoqda.

OPIC — AQSh hukumati qoshidagi agentlik bo‘lib, u rivojlanayotgan bozorlarda Amerika biznesini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. OPIC O‘zbekistonda 1992-yilda ish boshlagan va Amerika banklaridan qariyb 230 million AQSh dollari miqdorida kredit jalb qilgan. 2000-yillarning boshlarida hamkorlik bir qator sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют