» » Guaydo Maduroni chetlashtirish uchun muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi

Guaydo Maduroni chetlashtirish uchun muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi


Venesuela muxolifati prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan chetlatish uchun harbiy va fuqarolik mansabdor shaxslari bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.

“Biz davlat amaldorlari, fuqarolar va harbiylar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu shaxsiy xavfsizlikka oid juda nozik masala. Biz ular bilan yashirincha uchrashyapmiz”, — deydi Venesuelaning muvaqqat prezidenti Huan Guaydo.

Guaydo Venesuelaning muvaqqat prezidenti deb e’lon qilinishidan oldin bir nechta AQSh senatorlari, jumladan, Demokratlar Richard Durbin va Robert Menendez hamda Respublikachi Marko Rubio bilan suhbatlashganini qayd etgan.

Guaydo shuningdek, muxolifat mamlakatga insonparvarlik yordamini topshirishga tayyorgarlik ko‘rayotganligini ham aytgan.

Maduro avvalroq yordamni to‘xtatib qo‘ygan hamda Venesuelada ochlik va kasalliklar tarqalayotgani haqidagi xabarlar uning dushmanlari tomonidan o‘ylab topilayotganligini aytgan.

Guaydo, shuningdek, Maduro iste’foga chiqqadigan bo‘lsa va saylov tizimi tezda korrupsiyadan tozalanishi ta’minlansa mamlakatda olti oydan to‘qqiz oygacha bo‘lgan vaqtda yangi saylovlarni o‘tkazilishi mumkinligini tahmin qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют