» » 2018-yilda Samarqandda 3120 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan

2018-yilda Samarqandda 3120 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan


2018-yil yakuni bo‘yicha Samarqand viloyati IIBda jami 5842 nafar ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatlarini o‘tayotgan mahkumlar hisobda bo‘lib, O‘tgan yil davomida belgilangan jazo muddatini o‘tab, ijobiy tavsifga ega bo‘lgan 3120 nafar mahkum o‘talmay qolgan jazo muddati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan. 2017-yilda ushbu ko‘rsatkich 1339 nafarni tashkil etgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumotiga asosan xabar bermoqda.

– Afsuski, ayrim mahkumlar bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanmasdan, tayinlangan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo muddatlarini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelmoqda, – deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normatova. – Xususan, 2018-yilda 410 nafar (2017-yilda 230-nafar) ana shunday mahkumlarning o‘talmay qolgan jazo muddatlari, jazoning og‘irrog‘i bilan almashtirildi. Jazoni og‘irrog‘iga almashtirish bo‘yicha sud majlislarining sayyor tartibda o‘tkazilishi va unda jazo o‘tayotgan mahkumlarning ham ishtirok etishi, kelgusida ularning jinoyatga jazo muqarrarligi tushunchasini yanada chuqurroq anglab yetishlariga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2017–2018-yillarda insonparvarlik tamoyillari asosida qabul qilingan Afv etish to‘g‘risidagi Farmonlariga asosan Samarqand viloyatida ham 142 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan. Ularning 110 nafari o‘talmagan jazolaridan to‘liq ozod etilgan bo‘lsa, 32 nafarining jazolari ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan yengilroq jazolarga almashtirildi. Xususan, 2018-yilning 7-dekabr kuni Prezident Farmoniga asosan 15 nafar jazoni o‘tayotgan mahkumlarga nisbatan afv qo‘llanilgan. 125 nafari berilgan yo‘llanmalar asosida ishga joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют