» » Toshkentning uch tumanida issiq suv, isitish tizimi va gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning uch tumanida issiq suv, isitish tizimi va gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


28-yanvar kuni soat 16:00 gacha issiq suv, isitish tizimi va gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu sobiq TAPOiCh zavodi yaqinidagi yangi yo‘l kesishmasi qurilishi va u bilan bog‘liq muhandislik-kommunikatsiya ishlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq.

Issiq suv va isitish tizimi quyidagi hududlarda o‘chiriladi:

Mirobod, Sergeli tumanlari: Qo‘yliq (5, 6, 7) massivlari, Yangizamon, Bextereva- eski Sarikul, Alimbekova, Fitrat ko‘chalari, Ko‘zi ojizlar jamiyati shaharchasi.

Yashnobod tumani: Qo‘yliq massivi, Mumtoz, Ohangrabo ko‘chalari.

Gaz tarmog‘i Toshkentning faqat Yashnobod tumanida o‘chiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют