» » Shekspir bilan ikki o‘yinda zafar quchgan “Lester” futbolchilari bosh murabbiylikka kimni istayotgani aniq bo‘ldi

Shekspir bilan ikki o‘yinda zafar quchgan “Lester” futbolchilari bosh murabbiylikka kimni istayotgani aniq bo‘ldi


Italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyerini iste’foga chiqarib yuborgan Angliyaning “Lester” klubi vaqtinchalik jamoa rulini Kreyg Shekspirga ishonib topshirgandi.

O‘z vaqtida Ranyeriga yordamchilik qilgan Shekspir boshqaruvida “tulkilar” ketma-ket ikki uchrashuvda zafar quchdi. Avvaliga “Liverpul”, keyin esa “Xall Siti” 3:1 hisobida mag‘lub etildi. Ranyeri rahbarlik qilayotganida esa futbolchilar 2017-yildagi olti uchrashuvda bitta ham gol urmay, 5 tasida imkoniyatni boy bergandi.

Klub yarim himoyachisi Deniyel Drinkuoter bosh murabbiy izlash ishlari bilan band bo‘lib turgan “Lester” rahbarlariga yetib boradigan tarzda fikr bildirib, bu borada Shekspir nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Biz jamoaga tashrif buyuradigan har qanday murabbiyni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biroq klubning har bir a’zosi boshqa mutaxassisga qaraganda Shekspirni yaxshiroq biladi. Agar asosiy vazifa uning o‘ziga ishonib topshirilsa, bu yaxshi ish bo‘lardi.

Ayrimlarimiz Shekspirni anchadan buyon bilamiz. Agar u bosh murabbiy lavozimiga rasman tasdiqlansa, biz Kreygni qo‘llab-quvvatlaymiz. U hozir mas’uliyatni o‘z qo‘liga olib, kuchi yetganicha yeng shimarib ishlamoqda.

Deniyel Drinkuoter, “Lester” a’zosi

Sportsmole nashrining oydinlik kiritishicha, Shekspirning jamoada qolishini qolgan futbolchilar ham bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют