» » Chiroqchida tugilgan egizaklarga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qoyildi

Chiroqchida tugilgan egizaklarga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qoyildi


Chiroqchi tumanining Qorgontepa qishlogida tarix fani oqituvchi Sherzod Dostumrodov oilasida dunyoga kelgan 3 nafar egizak farzandlarga davlat rahbariga havas qilib Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qoyildi. Bu haqda Daryoga Chiroqchi tuman FHDYO mudirasi Ozoda Jumayeva malum qildi.

2017-yil men uchun juda omadli kelgandi, deydi egizak farzandlarning otasi Sherzod Dostmurodov. 2019-yil esa undan ham omadli yil boldi. Yaratgan 21-yanvar kuni 3 nafar polvondek ogil berdi. Osha kuni tuguruqxonada yangilikni eshitgan paytimdagi quvonchimni soz bilan tasvirlash qiyin. Osha damda dunyoda mendan-da baxtli ota bolmagan bolsa kerak.

Egizaklar guvohnomasida qayd etilishicha, Miromon 3,5 kg, Mirziyo 2,8 kg, Shavkat esa 2,5 kg tugilgan.

Bugungi kunda farzandlarimning ahvoli juda yaxshi, deydi egizaklar onasi Sadoqatxon Qudratiy. Nasib etsa yurtimiz koriga yaraydigan yigitlar bolishsin.

Nabiralarim tugilishidan bir yarim oy ilgari xabar topgandik, deydi Sadoqatxonning onasi Xolida Roziqulova. Oshanda niyat qilgandim. Nasib etsa eson-omon tugilib olishsa, Prezidentimizga havas qilib Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qoyaman deb. Nasib qilganidan xursandmiz. Xudo xohlasa, xalqimizga, Prezidentimizga munosib farzandlar bolsin.

Xolida Roziqulovaning takidlashicha, yosh oilaning yashash uchun shaxsiy uyi yoq. Kuyovi ham 78 kilometr masofaga qatnab ishlar ekan. Oilaning farzandlari ham 7 nafarga yetgan.

Balki Chiroqchi tuman hokimiyati yoki Yoshlar ittifoqi vaziyatdan kelib chiqib, uy-joy masalasida ham yosh oilaga yordam bersa yomon bolmasdi, deymanda. 7 nafar farzandni katta qilish osonmi-yey?!, deb yozadi bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegramdagi kanalida.

Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimi Nasiba Umarova bergan malumotlarga kora, 2018-yil 9-dekabr kuni ham Kasbi tumanining Cholquvar qishlogida 3 nafar egizak tugilgan bolib, ularning ismi Madina, Motabar va Zohir. 2017-yil Kasbi tumanining Qatagon qishlogida Sherqulovlar oilasida dunyoga kelgan egizaklarga oila boshliqlari respublikaning Birinchi prezidenti Islom Karimovga havas qilib Islom, Karim va Abdugani deb ism berishgan ekan. Qamashi tumanida esa 2016-yil 4 nafar egizak tugilganligi qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-01-2019, 14:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
:
-
:
20 ... -