» » 14 ta xorijiy aviakompaniya O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda

14 ta xorijiy aviakompaniya O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda


14 ta xorijiy aviakompaniya O‘zbekistonda faoliyat yuritishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Qosimxo‘jayevning aytishicha, uning o‘zi to‘rtta katta loukoster kompaniya bilan muzokara olib borgan. “Hozirda O‘zbekiston bozoriga 14 ta turli kompaniya qiziqish bildirmoqda. Ular faqat loukosterlar emas. Oralarida KLM (Niderlandiya), Lufthansa (Germaniya), Lion Air (Indoneziya) va boshqa aviakompaniyalar bor”, dedi Qosimxo‘jayev.

Turkiyaning ikkita loukosteri — Pegasus Airlines va Atlasglobal, shuningdek, BAAdan Flydubai hamda Rossiyadan yana bir kompaniya O‘zbekiston bozorini kuzatmoqda.

— 2018-yil aviatsiya sohasida katta o‘zgarishlar bo‘ldi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” monopoliyani yo‘qotdi. Aeroportlarni boshqarish funksiyasi Uzbekistan Airports’ga berildi. Endi kim bozorga kirishi masalasi bevosita bosh vazirning vakolatlari doirasida, — qo‘shimcha qildi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi mutasaddisi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют