» » Afrika Millatlar Kubogi musobaqasi Ramazon oyi sabab 1 haftaga surildi

Afrika Millatlar Kubogi musobaqasi Ramazon oyi sabab 1 haftaga surildi


Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Ramazon oyi tufayli Afrika Millatlar Kubogi—2019 musobaqasini kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda AFP xabar berdi.

Musobaqa joriy yilning 15-iyundan 13-iyulga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo u 21-iyundan 19-iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Shimoliy Afrikadagi bir nechta mamlakat futbol federatsiyalari musobaqa o‘tkazish vaqtini surish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Futbolchilar ro‘za tutishlarini inobatga olib, o‘z jismoniy holatlarini tiklashlari uchun biroz vaqt talab etiladi. Ramazon oyi joriy yil 5-mayda boshlanib 3-iyunga qadar davom etishi kutilmoqda.

2017-yili Afrika Millatlar Kubogi musobaqasi yanvar oyida emas, balki yoz faslida o‘tkazilishi haqida qaror qabul qilingandi. Shundan so‘ng jamoalar soni 16 tadan 24 taga oshdi.

2019-yilgi musobaqa Misr davlatida o‘tkaziladi. Musobaqaning amaldagi chempioni Kamerun hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют