» » Shanxayda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi savdo maydonchasi ochildi

Shanxayda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi savdo maydonchasi ochildi


Xitoyning Shanxay shahrida Xinjiang Asia — Europe International Material Trade Center kompaniyasi negizida O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi savdo maydonchasi ochildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi savdo maydonchasi Milliy ko‘rgazma markazida joylashgan bo‘lib, unda Xitoyning ilk EKSPO ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Qayd etish joizki, O‘zRTXB Kuytun va Urumchi shaharlarida ham qo‘shimcha savdo ofislariga ega.

Xitoyda joylashgan birjaning savdo maydonchalarida birja va auksion savdolari orqali eksport-import operatsiyalari amalga oshirilishidan tashqari konsalting xizmatlari ham ko‘rsatiladi.

Hozirgi paytda O‘zRTXB yangi savdo nuqtalari orqali sotiladigan tovar pozitsiyalarning ro‘yxatini tuzish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Xitoyga eksport qilinadgan mahalliy mahsulotlarning dastlabki ro‘yxatiga energiya manbalari va neft mahsulotlari, polietilen, kimyo mahsulotlari, paxta tolasi va momig‘i kabi birja tovarlari kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют