» » Jizzaxda qo‘shmachilik qilgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda qo‘shmachilik qilgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi


Mirzacho‘l tumanida yashovchi M.Mo‘minova (ism-familiyalari o‘zgartirilgan) qo‘shmachilik qilishda ifodalangan g‘ayriqonuniy harakatlari uchun sudlandi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi “Daryo”ga xabar berdi.

U 2018-yil 3-dekabr kuni o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan fuqaro S.Saliyeva (ism familiyalari o‘zgartirilgan) bilan O.Xamidovni 30 ming so‘m pul evaziga o‘zining yashash xonadonida bir-birlari bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

M.Mo‘minovaga tuman IIB tomonidan JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan M.Mo‘minova JKning 131-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, shu modda bilan har oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют