» » Karim Benzema “Real” tarixidagi 6-raqamli to‘purarga aylandi

Karim Benzema “Real” tarixidagi 6-raqamli to‘purarga aylandi


27-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 21-turida “Real” hujumchisi Karim Benzema “Espanyol”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi (4:2).

Bu 31 yoshli hujumchi uchun “Real” tarkibidagi 206 va 207-gollari bo‘ldi. Fransiyalik futbolchi “Qirollik klubi” to‘purarlari jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarilib, Ugo Sanches (1985/92-yillar) bilan tenglashib oldi, deb xabar berdi MisterChip.

5-o‘rinni klubning sobiq futbolchisi Ferents Pushkash (1958/67-yillar) 242 ta gol bilan band qilgan.

Mazkur jadvalni “Real”ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu 450 ta gol bilan boshqarib bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют