» » Toshkentda 64 yoshli erkak hojatxonada o‘z joniga qasd qildi

Toshkentda 64 yoshli erkak hojatxonada o‘z joniga qasd qildi


27-yanvar, yakshanba kuni Toshkentning Yunusobod tumani hududida 64 yoshli erkak hojatxonada o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi UzNews o‘z manbasiga tayanib.

1955-yilda tug‘ilgan X.J. uzoq yillar davomida gallyutsinatsiyalardan azob chekkan. O‘sha mash’um kunda erkak o‘z uyidagi hojatxonaga qulflanib olib, oshxona pichog‘i bilan o‘zining ko‘krak sohasiga jarohat yetkazgan.

Jabrlanuvchining nevarasi hojatxona eshigini ochishga muvaffaq bo‘lgan, so‘ng tez yordam chaqirgan. Erkak 7-shahar klinik kasalxonasiga yetkazilgan, ammo u yerda vafot etgan.

Ayni paytda holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют