» » Shavkat Mirziyoyev Germaniya xayriya tashkilotini orden bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Germaniya xayriya tashkilotini orden bilan mukofotladi


Shu yilning yanvar oyida Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro xayriya tashkiloti Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoniga muvofiq, 1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ushbu xalqaro xayriya tashkiloti 1967-yilda tashkil topgan bo‘lib, ellik yildan oshiq vaqt mobaynida dunyoning 30 dan ko‘p davlatlari bilan hamkorlik qilib keladi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun”xalqaro xayriya fondi va Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro xayriya tashkiloti bilan 2002-yilda hamkorlik shartnomasini imzolagan. Ana shu hamkorlik doirasida respublikadan 12 yoshgacha bo‘lgan va uzoq muddatli bir necha operatsiyaga muhtoj bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalarning xasta bolalari Germaniyaning nufuzli klinikalariga davolanishga yuboriladi. Bundan tashqari, har yili germaniyalik tibbiyot mutaxassislardan iborat delegatsiya O‘zbekistonga kelib, viloyatlarga chiqishadi va aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Ana shu jarayon davomida xorijda davolanishga muhtoj bolalar tanlab olinadi.

Hamkorlik shartnomasi imzolangan davrdan buyon respublikadan 374 nafar bola ana shu mamlakat shifoxonalarida operatsiya qilinib, sog‘lomlashtirildi. Davolanish jarayonlari 6 oydan 2 yilgacha davom etadi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va Friedensdorf International xalqaro xayriya tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida lab-tanglay tug‘ma nuqsoni bo‘lgan hamda ortopedik oyoq nuqsoni bo‘lgan hamda keyingi asoratlari mavjud bemor bolalar respublika klinikalarida operatsiya qilib sog‘lomlashtirilmoqda. Ular Toshkent stomatologiya instituti, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida amalga oshirilmoqda.

2004-yildan buyon Friedensdorf International xalqaro xayriya tashkiloti mablag‘lari hisobiga jami 6 ming nafardan ziyod bemor operatsiya qilindi. Bunday xayriya operatsiyalari bugungi kunda ham davom etmoqda. Ko‘plab bemor bolalarning dardiga malham bo‘lib, beg‘araz yordam ko‘rsatilishi insoniyatning ulug‘ fazilatidir.

Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro xayriya tashkiloti grant mablag‘lari hisobiga 2015 yildan buyon yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni operatsiya qilib sog‘lomlashtirish bo‘yicha loyiha amalga oshirib kelinadi. Ana shu loyiha doirasida 364 nafar yurak tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bemor bolalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kardioxirurgiya bo‘limida, 71 nafar bola esa Hindistonning Artemis Medicare Services Limited klinikasida operatsiya qilib sog‘lomlashtirildi.Joriy yilning fevral oyida yana 10 nafar bemor bola Germaniyaning nufuzli klinikalariga davolanishga yuborilishi rejalashtirilgan.

Fond imzolangan shartnomaga ko‘ra, 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalarni davolash, reabilitatsiya qilish masalalarini ijobiy hal etib keladi. Keyingi o‘n yil davomida o‘zbekistonlik 250 nafar bemor bolalar teri kuyishi asoratlari, qo‘l-oyoq bo‘g‘imining tug‘ma kasalliklari tashxisi bilan Germaniyaning nufuzli shifoxonalarida davolanib qaytdi. Bundan tashqari ikki yuz ellik nafardan ortiq nogiron bola operatsiya qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют