» » Moskvadagi “Rikor” texnoparki bosh direktori “Navoiy” EIZga direktor etib tayinlandi

Moskvadagi “Rikor” texnoparki bosh direktori “Navoiy” EIZga direktor etib tayinlandi


Habib Abdullayev “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasining yangi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Buyuk kelajak ekspert kengashida xabar berildi, deb yozadi Spot.

Habib Abdullayev (1967) — “Rikor” texnoparkining bosh direktori (Moskva), Moskvadagi o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi raisi, “O‘zbegim” gazetasining nashriyotchisi. RF Nashriyot vazirligi korxonalarida, AFK “Sistema” va boshqa tashkilotlarda 25 yillik rahbarlik tajribasiga ega. “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi a’zosi.

RF Iqtisodiy rivojlanish Vazirligining OAJ “Osobiye ekonomicheskiye zoni” rezidentlari bilan ishlash boshqarmasining boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

“Navoiy” EIZ jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2017-yilning mart oyida tashkil topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют