» » 2019-yilda Mo‘ynoq tumanida 14,1 kilometr elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punktlari rekonstruksiya qilinib, yangidan quriladi

2019-yilda Mo‘ynoq tumanida 14,1 kilometr elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punktlari rekonstruksiya qilinib, yangidan quriladi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida elektr energiyani iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha 2018-yil davomida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tumandagi elektr energiyasi iste’molchilariga o‘tgan yilda jami – 18,3 mln k vt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Prezidentimizning 2016-yil 23-noyabrda qabul qilangan “2017—2021-yillarda past kuchlanish tarmoqlarni modernizatsiya va yangilash Dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida besh yil davomida Mo‘ynoq tumanida 22,5 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari, 17 dona transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan bo‘lib, buning uchun 2,8 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yilda mazkur qaror doirasida 10,4 km elektr uzatish tarmoqlari va 3 ta transformator punkti rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi. Natijada Uchsoy, Do‘stlik, Talliuzak va Tikuzak mahallalaridagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha 43,8 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va

19 dona transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq 20 ta mahalladagi 3 600 dan ortiq aholi xonadonlari, joylardagi sanoat korxonalari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining elektr ta’minoti barqarorlashdi.

2019-yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida 14,1 km elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punkti rekonstruksiya qilinishi va yangidan qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2019—2020-yil kuz-qish mavsumiga elektr qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha 48,4 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va20 dona transformator punkti mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют