» » Andijonda “Xavfsiz xonadon, ko‘cha, mahalla” aksiyasi o‘tkazilmoqda

Andijonda “Xavfsiz xonadon, ko‘cha, mahalla” aksiyasi o‘tkazilmoqda


Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Xavfsiz xonadon”, “Xavfsiz ko‘cha”, “Xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz tuman” shiori ostida aksiya o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Viloyat hokimligi, “Mahalla” jamoat fondi viloyat bo‘linmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa aloqador tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan aksiya davomida profilaktika inspektorlari, deputatlar, mahalla raislari, yoshlar ittifoqi faollari uyma-uy yurib aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganmoqda. Fuqarolarga huquqshunoslar tomonidan maslahat va tavsiyalar berilmoqda.

Kuni kecha Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Sobirov aksiya doirasida Andijon shahrida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv mobaynida fuqarolarning 50 ga yaqin muammosi tinglandi. Ayrimlari joyida hal etildi. Shuningdek, ishsiz fuqarolar uchun tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi davomida 30 ga yaqin fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Aksiya doirasidagi uchrashuv-muloqotlardan yana biri esa Jalaquduq tumani Teshiktosh qishlog‘ining Uzunko‘cha mahallasida o‘tkazildi. Unda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, mayor Mansurbek Alixanov, “Mahalla” jamoat fondi raisi, viloyat kengashi deputati Sadbarxon Mamitovalar Yangichek, Katta yo‘l, Qo‘qon ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholi vakillarining elektr energiyasi, gaz va suv, ko‘chalarni asfaltlash bo‘yicha muammo va takliflarini tingladi.

— 2018-yil mobaynida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jami sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar 145 tani tashkil etdi, — deydi mayor Mansurbek Alixanov. — 2017-yilga nisbatan taqqoslaganda ularning soni 62 taga, ya’ni 29,95 foizga kamaygan. Yuz bergan huquqbuzarlik va jinoyatlarning asosiy qismi chegara hududlarda kuzatilgan. Shu sababli aksiya doirasidagi tadbirlarning asosiy qismini chegaraoldi mahallalarda o‘tkazishga, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etishga harakat qilmoqdamiz.

Xo‘jaobod tumanida esa muammolar uyma-uy yurib o‘rganilmoqda. Xususan, Nishobbo‘yi MFY, Bog‘ ko‘chasida yashovchi fuqarolar bilan olib borilgan muloqotlarda asosiy e’tibor ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘ldi.

Shu ko‘chada istiqomat qiluvchi Nasibaxon O‘smonova xonadoniga kirilganda ishsiz ekanligi, agarda ish topilsa, ishlash istagi borligini bildirdi. Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimlari yordamida fuqaroning murojaatiga shu yerning o‘zida yechim topildi. Endilikda u uyidan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan “Muomala baraka” korxonasi sinov muddati bilan ishga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют