» » UMS 8-martga bag‘ishlab bayram syurprizlarini tayyorladi

UMS 8-martga bag‘ishlab bayram syurprizlarini tayyorladi


UMS mobil operatori barcha ayollarni bahorning ilk bayrami bilan tabriklaydi va Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab aksiyalar va web-loyihani taqdim etadi.

Nafosat sohibalarining bayramigacha bor-yo‘g‘i bir kun qoldi. UMS kompaniyasi ushbu ajoyib sanaga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rdi hamda barcha xotin-qizlarga bayram tabriklari va xushomadlarni olish, qarindoshlari va yaqinlari, ish hamkorlari va hamkasblari bilan faol suhbat qurishlari uchun imkoniyat yaratdi.

Xususan, 7—9-mart kunlari kompaniya abonentlari bo‘lgan va ma’lum tarif rejalaridan foydaladigan xotin-qizlar 120, 180 va 300 daqiqalik ovozli to‘plamlarni ikki baravar arzonga faollashtirishlari mumkin. Masalan, 180 daqiqalik to‘plamning asl narxi 2,5 dollarni tashkil etayotgan bo‘lsa, bayram kunlari uni atigi 1,25 dollarga ulab bo‘ladi. Har bir to‘plamning amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi. Bunda xarid qilinayotgan ovozli to‘plamlar soni cheklanmagan.

7—8-mart kunlari UMS’ga ulangan, shuningdek, kompaniya ofislarida xizmatlardan foydalangan xotin-qiz abonentlar bayram kuni (8-mart soat 23:59 gacha) mutlaqo bepul suhbat qurish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari va shahar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan.

UMS’ning yana bir bayramona loyihasi web-makonda ishga tushdi. U O‘zbekistonning taniqli ayollari haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan 8mart.uz ijtimoiy saytidir. Bundan tashqari, veb-resursga kirgan barcha xotin-qizlar O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan erkaklaridan bayramona tabriklar olishlari va ushbu tabriklarni Facebook tarmog‘iga joylashtirishlari mumkin.

Hurmatli erkaklar, shoshiling va UMS bilan birga xotin-qizlarga noyob bayramona sovg‘alarni bering!

UMS bilan bog‘lanish:

e-mail: pr@myums.uz
Web:    www.ums.uz

UMS kompaniyasi haqida:

Universal Mobile Systems MChJ kompaniyasi – GSM, UMTS va 4G LTE standartlarida mobil ovozli aloqa va mobil Internetga kirish zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston telekommunikatsiya korxonasi. Kompaniya 2014-yilning 1-dekabrida tijoriy faoliyat boshlagan. Kompaniya ta’sischisi – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” DUK.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (7-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют