» » Chilonzordagi balkonlar nima uchun qulab tushdi? Yoxud noqonuniy qurilishlarning oqibatlari

Chilonzordagi balkonlar nima uchun qulab tushdi? Yoxud noqonuniy qurilishlarning oqibatlari


Ayrim fuqarolar turar joylardan belgilangan tartibda birdek foydalanmasdan, ichki tuzilishini tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz o‘zgartirib, tutash hududlarda noqonuniy qurilmalar qurmoqda, deyiladi O‘zA xabarida. Bu esa ko‘p qavatli uylarning texnik holatiga jiddiy zarar yetkazadi.

Bugungi kunda respublikadagi turar joy fondini saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Inspeksiya o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko‘p xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanishning mavjud qoida buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berib kelmoqda. Tabiiyki, bu kabi ko‘rsatmalar hammaga birdek ma’qul bo‘lmaydi. Biroq ko‘p xonadonli uylarni saqlash va foydalanishda yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlar bartaraf etilishi xususiy uy-joy mulkdorlarining tinch, xavfsiz yashashi garovidir.

Prezidentning 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil etilgan inspeksiya o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlab turish va ulardan foydalanish sohasida vakolatli organ sifatida to‘liq shakllantirilib, respublikaning barcha hududlarida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

– Bugungi kunda inspeksiyamiz tomonidan shaharsozlik va qurilish qoidalariga zid bo‘lgan binolar ro‘yxatga olinmoqda, – deydi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Abdunazar Erdonov. – Joylarda o‘zboshimchalik bilan turar joylarning konstruksiyalariga o‘zgartirish kiritish tabiiy ofatlarga bardosh bera olmaydigan ahvolga olib kelmoqda. Shu sabab bunday huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. 2018-yilda uy-joy fondidagi 9 ming 758 ko‘chmas mulk egasi o‘zboshimchalik bilan barpo etgan binolar mavjudligi aniqlandi. Bu borada aholiga majburiy ko‘rsatmalar berilib, noqonuniy binolar buzdirildi. Ayrim holatlar bo‘yicha majburiy tartibda buzdirishga oid da’vo arizalar sudlarga taqdim etildi. Shuningdek, 51 holatda aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi.

Yaqinda, 17-yanvar kuni poytaxtning Uchtepa tumani 23-daha 20-uydagi 17-, 19-, 21-, 23- va 25-xonadon balkonlari qulab tushgani haqida xabar tarqadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bunga asosiy sabab yuqori qavatlardagi xonadon egalari balkonda ruxsatsiz, noqonuniy ta’mirlash ishlarini o‘tkazganidir. Ya’ni 4-qavatdagi 23-xonadon balkonidan 5-qavatdagi balkon og‘irligini ko‘tarib turuvchi tayanch devori olib tashlangani sabab 25-xonadon balkoni qulab tushgan va o‘zi bilan pastki qavatlardagi balkonlarni ham qulatgan. Xayriyatki, bundan hech kim jabr ko‘rmadi. Ammo oqibat fojiali bo‘lishi ham mumkin edi.

2018-yilda inspeksiyaga yuridik va jismoniy shaxslardan 1 ming 750 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Ular asosan ko‘p xonadonli uy-joy va unga tutash hududlarni saqlash qoidalari buzilgani, ko‘chmas mulk egalarining binolarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirgani, noturar joylarning texnik holati yomonlashgani kabi holatlar yuzasidan bo‘lgan. Inspeksiya xodimlari mazkur murojaatlarni tegishli mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida o‘rgandi va muammolar bartaraf etildi.

Bugungi kunda mazkur tashkilotning “Ishonch telefoni” muntazam faoliyat yuritayotgan bo‘lib, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlar sifati tubdan yaxshilanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют