» » Oroldan suv chiqdimi? Mehrli muzlatkich qayerda o‘rnatildi? Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar

Oroldan suv chiqdimi? Mehrli muzlatkich qayerda o‘rnatildi? Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar


Ijtimoiy tarmoq olamida nima gaplar? Biz bilan ijtimoiy tarmoqning eng ommalashgan postlarini kuzatishda davom eting.

Hazilomuz post bilan boshlamoqchimiz:

Mubashshir Ahmad

Qushlar bo‘yicha mutaxassis emasmanku, lekin bu suratda to‘rt ayol va bir erkak qush borligini aniq bilaman

Oroldan suv chiqdimi?

“Xalq bilan muloqot” guruhida hammani xursand qiladigan post qo‘yildi. Unda bizni tark etib, kundan kunga so‘nggi nafasini olayotgan Orol dengizining qurigan yeri ostidan chuchuk suv chiqqani va o‘sha yerda olingan suratlar bilan e’lon qilindi.

Bu, aytish mumkinki, yanvar oyining eng shov-shuvli posti bo‘ldi: u 2000 ga yaqin like oldi va 400 ga yaqin marotaba share qilindi.

Foydalanuvchilar turli kommentlar yozdi, mana ulardan ayrimlari:

Niyat qilamizki, bunday suvlar ko‘proq chiqaversin, Orolni saqlab qolishga umid bag‘ishlasin barchaga.

* * *

Bloger Feruz Allayevning posti ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Firuz Allayev

13 kun davomida butun Ispaniyani, hatto Yevropani larzaga solgan voqeani kuzatib bordim. Kecha tunda ham oxirgi jarayonni YouTube orqali online kuzatib, mo‘jizadan umid qilib xayajon ostida duo qilib o‘tirdim.

12-yanvar kuni Ispan oilasi 2 yoshar o‘g‘li Julyen bilan sayrga chiqadi. Sayr vaqtida biroz qarovsiz qolgan bola dehqonlar tomonidan suvsiz mavsumda 100 metr chuqurlik qozilgan va keyinchalik qarovsiz qolgan quduqqa tushib ketadi. Quduqning chuqurligi 100 metr, diametri bo‘lsa bor yo‘g‘i 20 sm. Dehqonlarning eng katta xatosi — quduq suvini tortib olib ishlatgandan so‘ng uni yopib ketishmagan. 20 sm diametrli teshikka qutqaruvchilar kira olishmaydi. Natijada bola quduqning ichida yopilib qoladi. Kamera tushirishsa, faqat 70 metrgacha tushadi va bola yiqilganda tushgan toshlar quduqni yopib qo‘yganligi aniq bo‘ladi. Demak, bolajon 70 metr chuqurlikda. Eng yomoni, quduq qattiq toshli yerda qazilgan va uni qazish juda muammoli.

Bolajonni qutqarish uchun katta qutqaruvchilar jamoasi parallel teshik qazishdi va 70 metrga yetgan vaqtda parallel teshikdan quduqqa qarab qazishdi. Toshli joyni qazish qiyinligi uchun 4 martda kichik portlash qilishga majbur bo‘lishdi. Pastda kislorod yetishmasligi sababli qutqaruvchilar kislorod balonlari bilan chuqurga tushishar, yarim soatdan ortiq turmay yana qaytib chiqishar, ularning o‘rniga boshqa qutqaruvchilar tushishardi. Qutqaruv jarayoniga 3ta vertolyot, og‘ir mashinalar, Ispaniyaning eng zo‘r qutqaruvchilari jalb qilindi.

Kecha yarim tunda qutqaruvchilar nihoyat bolajongacha yetib borishdi. Suvsizlik, qattiq tushish, ochlikdan bolajon olamdan o‘tgan. Ko‘zda yosh bilan bolani tanasini olib chiqishdi.

Ikki yil oldin ham 3 yoshli farzandidan ayrilgan oilani ahvoliga odamning yuragi achiydi.

Meni qoyil qoldirgani bo‘lsa, bir bolaning taqdiriga bo‘lgan ispan hukumatining, mahalliy tizimning e’tibori, uni qutqarib qolish uchun harakati bo‘ldi. Bir bola taqdiri uchun 100 lab kishilar, butun OAV oyoqqa turdi. To‘g‘ri, bolani qutqarisha olmadi, lekin, eng muhimi, insoniylik ya’ni inson degan jonzot burchini halol bajarishdi, oxirigacha mo‘jizaga ishonib harakat qilishdi.

Mana shunaqa onlarda insoniylik biz insonlarda eng katta qadriyat ekanligiga odamda yana bir marta ishonch uyg‘onadi.

Shermuhammad Akbarov qo‘ygan videosi nihoyatda ta’sirli va ibratliligi bilan ko‘plab foydalanuvchilarning olqishu like’lariga sazovor bo‘lb, kommentlar bitildi.

Otalar bir bo‘lishib, bolalar bog‘chasidagi farzandlariga raqs ijro etib berishibdi. Bizda otalar to‘ylarda kayf bo‘lishib, yerda dumalab o‘ynashyapti. Bizda MTM vazirligidagi Sobit Turg‘unovga o‘xshaganlar, bog‘cha mudiralariga do‘q urib kun ko‘ryapti. Farzand + ota-ona + rahbarlar orasida mehr-oqibat bo‘lmas ekan, yoshlarni vatanparvar qilib tarbiyalab bo‘lmaydi deyilgan video post muallifi. Aytgancha, men ham o‘zbekistonliklarga o‘xshatibman videodagi otalarni, yo‘q, keyin bisam, bu armanistonlik kishilar ekan.

Yana bir kayfiyatni ko‘taruvchi postlardan biri:

Abdulaziz Saidalikhanov

To‘g‘ri, og‘ir va xatarli kasb.  Lekin, kaska nimaga kerak?

Bizningcha, ish joyida texnika xavfsizligiga rioya qilmagani uchun jarima solishlaridan qo‘rqib taqqan.

Mehrli muzlatkich

“Troll.uz” o‘z Telegram-kanalida va Facebook’dagi sahifasida qo‘ygan ushbu xabar katta olqishlar bilan kutib olinib, minglab like’lar oldi; ushbu xayrli ish hali butun O‘zbekistonga tarqab ketsa, bu ishda “Troll.uz”ning ham ulkan hissasi bo‘ladi.

TROLL UZ

Chilonzorda Kasbino supermarketi yonida Mehrli muzlatkich o‘rnatilibdi. Imkoni borlar oziq-ovqat joylashtirib, imkoni yo‘qlar olib ketishadi. Mutlaqo bepul. Ajoyib loyiha! Baraka topishsin! Ishtirok eting va tanishlaringiz bilan bo‘lishing!

* * *

Xo‘sh, Twitter’da nima gaplar? U yerda ham doimgidek yengil yumorli tvitlar bosildi. Ulardan ba’zilari:

Шу машинани тузатишга ?аракат ?илаётган одамнинг умидига шляпамни ечдим ома)) pic.twitter.com/ChWJOvxdOZ

— Отабек Йўлдошев (@Otabek007) January 27, 2019

Бугун чекишни ташлаганимга роппа-роса 7 йил бўлди. ?озирги ўртамиёна сигаретнинг энг минимал нархи 7000 сўм деб ва кунига бир пачкадан чекилишини ?исобга олсак, унда бугунги пулда 7х365х7000=17 885 000 сўм тежалибди. Яна со?ли??а ?анча фойда ;)

— Нодир Мирходиев (@m_nodir) January 27, 2019

?изил шапеача эртагини бўри бувини еб ?ўйган жойигача биларканман ?иссадан хисса одам бувисини кўргани бориб туриши керак деб туготиб юбордим

— Behzod (@Behzod__) January 26, 2019

- Кеча дўстларимга «телефонимни топа олмаяпман, менга ?ўн?иро? ?ил, овозидан топиб олай, ра?мат», деб смс юбордим. Деярли ?аммалари ?ўн?иро? ?илишди. Менда эса ўз навбатида дўстларим унча ?ам а?лли эмас экан, деган фикр пайдо бўлди.

- ?ўявер, телефонинг топилдими, иш?илиб)

— ???????????????? ????????????????????????????™ (@OlimTolipov) January 26, 2019

“Mikrofon ko‘targan ayol” Telegram-kanalining ushbu posti bilan bugungi dayjestimizni yakunlamoqchimiz:

Instagram’ga kirsam, hamma baxtli va boy, hamma palon pulli kafeda espresso ichib yurgan bo‘ladi. Hamma qayerdadir sayohatda yuradi. Tualetlarimiz shunchalik ozodaligidan, qizlar yaltiroq ko‘ylakda tualetda selfi tushadi. Artistlarimiz yegan-ichgan, o‘tirgan-turgan-yotganini, orqa-oldini reklama qiladi.

Facebook’ka kirsam, hamma noligan, gaz-chiroq yo‘q, oylik kam, internet past, tanlovlar noxolis, g‘oliblar plagiat, reformalar chala...

Telegram’ga kirsam, hamma profillariga aqlli fikrlar yopishtirgan, hamma kanal ochgan, hamma shu yerda ishlayapti, shu yerda o‘qiyapti, shu yerda pul topyapti... Ochiq-yopiq guruhlarda bir-biri bilan olishib, bahslashib maza qilyapti. Yuz minglab odamlarimiz “SHOK! Navoiy tirik ekan, SHOK! Bu qizni ko‘ring, yig‘lamang!” kabi videolarni ko‘rish uchun kanallardan kanallarga o‘tib yuribdi.

#bizjudaharxilmiz #bizjudabirxilmiz

O‘z shaxsiy, muhimi, original fikringizga ega bo‘lishni tilagan holda bugungi sonimizni yakunlaymiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют