» » Luvr muzeyida Buyuk ipak yo‘liga doir ko‘rgazma tashkil etiladi

Luvr muzeyida Buyuk ipak yo‘liga doir ko‘rgazma tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Fransiyaning Muzeylarni tadqiq etish va restavratsiya qilish markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, san’at hamda madaniyat tarixi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, O‘zbekistonning madaniy boyliklarini tahlil qilish bo‘yicha laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, markaz 2021-yilda Luvr muzeyida bo‘lib o‘tadigan “Buyuk ipak yo‘lida sivilizatsiya va madaniyat“ nomli ko‘rgazmani tashkil etishda ishtirok etadi.

Bundan tashqari, memorandumda nafaqat Fransiya, balki O‘zbekistonda ham tadqiqotlar, ko‘rgazma va konferensiyalarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют