» » O‘zbekistonlik diplomatlar Xitoyda musulmonlarni qayta tarbiyalash markaziga tashrif buyurdi

O‘zbekistonlik diplomatlar Xitoyda musulmonlarni qayta tarbiyalash markaziga tashrif buyurdi


Musulmon aholisiga ega bo‘lgan 12 mamlakatning diplomatlari va ba’zi xorijiy OAVlari Sinszyanga tashrif buyurdi. Bunga Xitoyning uzoq g‘arbiy mintaqasida musulmon-uyg‘urlarning keskin ta’qib etilishi taxmin qilinganligi sabab bo‘ldi, deb yozadi Bloomberg agentligiga tayanib, Repost.

Sinxua agentligiga ko‘ra, diplomatlar Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Malayziya, Afg‘oniston, Tayland va Kuvaytdan kelgan.

Diplomatlar markaz talabalari bilan ularning hayoti va o‘qishi haqida suhbatlashdi, ularning markazdagi hayotini kuzatdi.

Avvalroq Xitoy rasmiylari musulmon aholisi yashovchi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumanidagi ekstremizmga qarshi kurashish tamoyillarini belgilovchi hujjatni chop etdi. Unda “qayta tarbiyalash lagerlari” mavjudligi tan olinadi. Ularda, BMT ekspertlari ma’lumotlariga ko‘ra, 1 milliongacha odam sudsiz, noma’lum muddatga saqlanadi. Bunday lagerlar rasman “kasbga o‘rgatish va malaka oshirish markazlari” deb nomlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют