» » Toshkentda ota-onalarning beparvoligi sababli bir sutkada 3 nafar bola shifoxonaga tushdi

Toshkentda ota-onalarning beparvoligi sababli bir sutkada 3 nafar bola shifoxonaga tushdi


Toshkent shahrida ota-onalarining beparvoligi sababli uch nafar bola shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

“25-yanvar kuni 21:00 da Shayxontohur tumanida ota-onasi nazoratsiz qoldirgan uch yoshli Madina temir shpilkani elektr rozetkasiga tiqdi. Tok urishi oqibatida qizcha jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi”, — deb ta’kidlaydi IIBB.

Bundan tashqari, 26-yanvar kuni 21:00 da Shayxontohur tumanida qarovsiz qoldirilgan ikki yoshli Saidkomil issiq choy ichib yubordi. Oqibatda og‘iz bo‘shlig‘i kuyishi jarohatini oldi va shifoxonaga yotqizildi.

Shu kunning o‘zida, 26-yanvar kuni 21:37 da Yashnobod tumanida qarovsiz qoldirilgan 1,5 yoshli Sarvar stol ustidagi qaynoq suvni ustiga to‘kib yubordi. Oqibatda yuz, bo‘yin va ko‘krak qismi kuyishi bilan shifoxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют