» » Ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoyish qanday samara bermoqda?

Ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoyish qanday samara bermoqda?


Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-maydagi PQ-3741-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan boshlab ijara shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qoyish tartibi ornatildi, deb yozadi Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.

Xosh, yangi tartibning afzalligi nimada?

Birinchidan, kochmas mulk ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qoyish tizimi soddalashtirildi. Endilikda, Davlat soliq qomitasiningmy.soliq.uzelektron soliq xizmatlari portalidagi Ijara shartnomalarini hisobga olish interaktiv xizmati orqali kunning istalgan vaqtida ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qoyish mumkin. Yani, ortiqcha ovoragarchilik va sarf-xarajatlar hamda uzundan-uzoq navbatda turishlar bolmaydi.

Ikkinchi qulayligi, jismoniy shaxsning doimiy yashash, yuridik shaxsning davlat royxatidan otgan joyidagi hamda ijaraga berilayotgan kochmas mulk joylashgan manzil boyicha davlat soliq inspeksiyalariga tashrif buyurgan holda ijaraga beruvchi va oluvchi ortasida belgilangan shaklda tuzilgan ijara shartnomasini taqdim etish orqali amalga oshirish mumkin.

Ijara shartnomasi hisobga qoyilgandan song, ijaraga beruvchiga shartnoma hisobga qoyilganligi togrisida Bildirishnoma va joriy yil uchun hisoblangan daromad soligini tolash boyicha tolov xabarnomasi taqdim etiladi. Natijada, kochmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar boyicha dastlabki deklaratsiyani taqdim etish talab etilmaydi.

Joriy yilning otgan davrida Toshkent shahrida 20 ming nafardan ortiq yuridik va jismoniy shaxs ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoydi.

Kopchilikni qiziqtirgan savollardan yana biri yangi tartib joriy qilingunga qadar tuzilgan ijara shartnomalarining taqdiri nima boladi?

Muddati tugamagan(misol uchun, 2018-yil 31-martdan 2019-yilning 31-martigacha tuzilgan)ijara shartnomalari amal qilish muddatiga qadar oz kuchini yoqotmaydi va ushbu shartnomalarni qayta davlat soliq xizmati organlarida royxatga qoyish talab etilmaydi.

Shuningdek, ijara shartnomasi boyicha olingan daromadlarga hisoblangan soliqning bir yilligi oldindan tolab qoyilgan bolsa,(masalan, 2018-yil 31-martdan 2019-yilning 31-martiga qadar soliq tolangan)ijara shartnomasi boyicha olingan daromadlarga 2018-yilda 7,5 foizdan, 2019-yil 1-yanvardan 12 foizdan soliq hisoblanadi.

Ijara shartnomasini hisobga qoyish uchun soliq organlari tomonidan hech qanday haq olinmaydi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi Ozbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 20202021-yillarga budjet moljallari togrisidagiqaroriga muvofiq, Toshkent shahrida ijara miqdorining eng kam meyori 1 kvadrat metr turar-joylar uchun 10 000 som va noturar joylar uchun 20 000 som miqdorida belgilangan. Misol uchun: 50 kvadrat metr uy-joy uchun 1 oyga 500 ming som (50*10 000 som). Shunda 500 ming somlik ijara uchun oyiga (500000*12%=60 000 ) 60 ming som daromad soligi hisoblanadi.

Eslatib otamiz,Ozbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 1591-moddasiga asosan, fuqarolar ortasida bino, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoyilishiga rioya etmaslik eng kam ish haqining (202 730 som) besh baravaridan on baravarigacha miqdorda (1 milliondan 2 milliongacha) jarima solishga sabab boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-01-2019, 21:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -