» » Andijon davlat tibbiyot institutida qo‘shma fakultet ochiladi

Andijon davlat tibbiyot institutida qo‘shma fakultet ochiladi


Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlikda qo‘shma ikki diplomli fakultet ochish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda institut matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Dog‘iston hukumati raisi birinchi o‘rinbosari Anatoliy Karibov, Sog‘liqni saqlash vaziri Jamaludin Gajiibragimov, Milliy siyosat va diniy ishlari vaziri Tatyana Gamaley, Rossiya tashqi ishlar vazirligining Maxachqal’adagi vakili Amirxan Magomeddadayev hamda Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi vakillari ishtirok etgan tadbirda imzolangan mazkur kelishuv tuzildi. Unga ko‘ra ushbu qo‘shma fakultetlarga abituriyentlar 2019–2020-o‘quv yilidan “Stomatologiya”, kelgusidan esa “Davolash ishi” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilinadi.

Ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalardan – telemeditsina, masofaviy, elektron va simulyatsion ta’limlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda. Qo‘shma qabul va bitiruvchilar yakuniy attestatsiyasi komissiyalari tuzilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hamkorlikda xalqaro standartlar asosida qo‘shma o‘quv dasturlari va o‘quv rejalari ham yaratilishi rejalashtirilgan.

Qo‘shma fakultet talabalari o‘qishni tamomlagach, ikki tomonlama – Rossiya va O‘zbekiston namunasidagi diplomlarga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют