» » Amerikaning eng go‘zal joylari (foto)

Amerikaning eng go‘zal joylari (foto)


AQShda chiroyli va qiziqarli joylar ko‘p. Ularning ba’zilari tabiatning mo‘jizasi bo‘lsa, yana boshqasi inson qo‘li bilan yaratilgan. Forum Daily mana shunday rasmlarni taqdim qildi.

Amerikaning mashhur va ramziy joylarini hamma biladi: Ozodlik haykali, Empayr-Steyt-Bilding osmono‘par binosi, Gollivud, Gavayi orollari, Niagara sharsharasi va shu kabilar. Amerikaning har bir shtati va shahri o‘ziga xos diqqatga sazovor joylari va yovvoyi tabiati bilan maqtansa arziydi.

Niagara sharsharasi

Dunyoning eng mashhur sharsharasi. Niagara daryosida joylashgan. Daryo Amerika va Kanada chegarasidagi Eri va Ontario ko‘llarini bog‘lab turadi. Sharsharaning balandligi 50 metr atrofida, kengligi 1200 metr. Suv oqimining jo‘shqinligi Niagara sharsharasini qiziqarli va chiroyli qiladi.

Oltin darvoza ko‘prigi

AQShning eng mashhur va chiroyli ko‘prigi. Oltin darvozaning uzunligi 1280 metr. Aynan shu nomli suv havzasidan 67 metr baland. 1937-yil qurilgan.

Gavayi orollari

Gavayi Amerikaning 50-shtati. Gavayi arxipelag nomi ekzotik peyzaj rasmlar, dam olish va Tinch okeanining qumli sohillarida ajoyib vaqt o‘tkazish bilan bog‘lanadi. Ko‘p sonli mehmonxonalar, aborigenlarning kulbasi, mahalliy polineziyalik qabilalarning madaniy merosi, tropik jungli, ekzotik mevalar plantatsiyasi, shinam ko‘rfaz, delfinariy va akvariumlar sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Gavayidagi eng qiziqarli joylardan biri — Daymond Hed (Olmos bosh) vulqon og‘zi. U Gonoluluning yaqinida joylashgan. Diametri 1060 metr, balandligi 230 metr. Lava qoldig‘idagi kristallar quyoshda yarqiraydi. Shuning uchun ham XIX asrda ingliz dengizchilari olmos yarqirayapti deb o‘ylashgan va unga Olmos bosh deb nom berishgan. Jahon urushi yillarida bu joydan tabiiy qal’a sifatida foydalanilgan.

Yellouston

Yellouston Vayoming shtatida joylashgan. Amerikaning eng yirik miliy parklaridan biri. Kulrang manbadan chiqayotgan 200 geyzer bu yerga shuhrat olib kelgan.

Yelloustonning eng chiroyli joylaridan biri — Tonggi shuhrat ko‘li. Dastlab uning suvi zangori rangda bo‘lgan. Lekin bu yerga kelgan sayyohlar suvga tangalar va boshqa esdaliklar tashlagach, suvning ilish darajasida balans yo‘qolgan. Natijada yuzasini mikroorganizmlar qoplagan va gayzer sariq rangga kirgan.

Grand-Kanyon

Amerikaning yana bir go‘zal maskani — Arizona shtatida joylashgan Grand-Kanyon milliy qo‘riqxonasi. Ko‘pgina sayyohlar uning ustidan vertolyotda uchib, ekskursiya qiladi.

Billur cherkov

Kaliforniyadagi Garden Grouv shaharchasi o‘zining Billur cherkovi bilan mashhur. U mashhur arxitektor Filipp Jonsonning loyihasi asosida qurilgan.

Bu joyni qurish uchun 10 000 shisha panel ketgan. Bu cherkov katoliklar tomonidan foydalaniladi. Cherkov atrofidagi hududlarda kichik bog‘lar, fontanlar, Injil sahnalarini tasvirlovchi haykallar bor.

MakKerricher milliy parkidagi shisha plyaj

Kaliforniyadagi milliy park shishali plyaji bilan diqqatga sazovor. 1949-yildan 1967-yilgacha plyaj hududi chiqindiga to‘la bo‘lgan. 30 yil o‘tib, chiqindining katta qismi olib tashlangach, okeanning to‘lqinlari singan shishalar uyumini olib kelgach, shisha plyaj hosil bo‘lgan.

2002-yil MakKerricher parki 154 ming kvadrat metr joydan chiqindilarni tozalagan va sayyohlar uchun Shisha plyaj nomli chiroyli joy tashkil qilgan.

Ansel Adams qo‘riqxonasi

Kaliforniyaning Syerra-Nevada tog‘larida joylashgan. Vodiydagi 937 kvadrat kilometr joyni egallagan. Bu yerda hamma narsa bor: muztog‘lar, ko‘llar, muzdek kristal suvga boy daryolar, kichik sharsharalar, yovvoyi tabiat. Bu yerda o‘ziga xos yovvoyilik ham bor — Irlandiyadagi Trop gigantlarining analogi.

Mesa-Verde

Amerikaning milliy tarixiy parki Mesa Verde Koloradoda joylashgan. Bu yerda miloddan avvalgi XII asrda anasazi hindulari yashagan. Parkning hududi 211 kvadrat kilometr. Bu yerda VI asrdan XIII asrgacha bo‘lgan davrdagi toshdan va loydan qilingan uylar va kanyonning nuragan devorlari bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют