» » Uzbekistan Airways 2018-yilda 21 mingdan ortiq reysni amalga oshirdi

Uzbekistan Airways 2018-yilda 21 mingdan ortiq reysni amalga oshirdi


2018-yilda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qator muvaffaqiyatlarga erishdi, jumladan, 21 mingdan ortiq reysni amalga oshirib, yo‘lovchi tashishda 3 millionlik marrani zabt etdi, deb yozadi O‘zA.

2018-yilning may oyida Uzbekistan Airways Milliy aviakompaniyasining aviaparki Boeing 787 Dreamliner bilan to‘ldirildi. Bu kabi yangi avlod samolyotlari keltirilishi davom etadi. Natijada O‘zbekiston aviakompaniyasi MDHda bunday havo kemalarini ekspluatatsiya qiluvchi yetakchi davlatlardan biriga aylanadi.

MAK faoliyatiga bir qator innovatsion ishlanmalar joriy qilindi. Xususan, “Joyni tanlash” yangi interfaol xizmati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xizmat tufayli yo‘lovchi samolyot bortida o‘zi uchun qulay bo‘lgan joyni oldindan bron qilishi mumkin. Uzbekistan Airways aviachiptalarini bron va xarid qilish bo‘yicha rasmiy mobil ilova amaliyotga tatbiq etildi. Kompaniya xizmatlari uchun onlayn tarzda to‘lovni amalga oshirish uchun Visa va UzCard bank kartalaridan tashqari, MasterCard kartalari ham qo‘llanilmoqda. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki chet el fuqarolari uchun ham xarid tizimini yanada osonlashtirdi. Bundan tashqari, 2019-yil 1-fevraldan boshlab to‘lov va xizmatlarni amalga oshirish orqali ball to‘plash hisobidan aviakompaniya parvozlaridan bepul foydalanish imkonini beradigan yangi “NAK-NBU” kobrend bank kartasi muomalaga kiritiladi.

Milliy aviakompaniya NETWORK 2018 forumida aviatsiya marketingi sohasida YevroOsiyo mukofoti bilan taqdirlandi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Domodedovo”, “Sochi”, “Krasnodar”, “Kazan” va boshqa xalqaro aeroportlar tomonidan “Eng punktual aviakompaniya” deb e’tirof etildi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) bilan hamkorlikda 2018—2025-yillarda mamlakatda aviatsiya xizmatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqdi. Ushbu reja IATA assotsiatsiyasining Navoiy xabini xalqaro yuk tashuvlar bozorida targ‘ib qilish bo‘yicha maslahatlashuvlarni o‘tkazish, muntazam ravishda tajriba va axborot almashish hamda assotsiatsiyaning aviatsiya personali – xodimlarini o‘qitishning amaliy usullarini taqdim etish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish standartlari va texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют