» » Yaponiya kompaniyalari “Aum Sinrikyo” sektasining qatl qilingan rahbari va a’zolaridan tahdidli maktublar oldi

Yaponiya kompaniyalari “Aum Sinrikyo” sektasining qatl qilingan rahbari va a’zolaridan tahdidli maktublar oldi


Yaponiyaning 10 ta kompaniyasi pochta orqali tarkibida sianid bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan oq kukun solingan maktublar oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Konvertlar Tokio va Osakadagi 7 ta farmatsevtika kompaniyasi, bitta oziq-ovqat firmasi va Mainichi Shimbun gazetasi nashriyotiga yuborilgan. Ularning jo‘natuvchilari sifatida oldinroq Tokio metrosida terakt uyushtirgani uchun qatl etilgan “Aum Sinrikyo” rahbari Seko Asaxara va sektaning boshqa a’zolari qayd etilgan.

Maktub mualliflari 22-fevralga qadar bitkoinlarda 35 million Janubiy Koreya vonini to‘lashni talab qilgan. Aks holda sianidli soxta medikamentlar tarqatish bilan tahdid qilgan.

Shunga o‘xshash xatlar o‘tgan yili ham Yaponiya farmkompaniyalariga yuborilgandi. Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют