» » Hindistonda 20 metrli chuqurga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib olindi

Hindistonda 20 metrli chuqurga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarib olindi


Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida ikki yoshli bola 20 metrli chuqurga tushib ketdi. Bu haqda Newsflare xabar berdi.

Hodisa 27-yanvar kuni yuz bergan. Bola chuqurning yonida o‘ynab yurgan vaqtda unga tushib ketgan. Qutqaruvchilar 45 daqiqadan keyin yetib kelgan. Ular chuqurning yonidan unga parallel chuqur qazigan va bolani chiqarib olgan.

Bola yiqilish paytida jarohatlanmagan. U qutqarib olingach, jarohat olmagan bo‘lsa ham, kasalxonaga olib borilgan va bir necha soat shifokorlar nazoratida bo‘lgan.

Rasmiylar chuqurni qazishga ruxsat berilmaganini aytgan. Holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют