» » Farg‘onada 24 nafar fuqaro fermerning yeriga nega uy qurib oldi?

Farg‘onada 24 nafar fuqaro fermerning yeriga nega uy qurib oldi?


Farg‘onada fermerning yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurgan fuqarolarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo chorasi tayinlandi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Farg‘ona tuman bo‘limiga fermer xo‘jaligi rahbari G.G. ariza bilan murojaat qildi. Uning arizasida fermer xo‘jaligining hisobidagi 1,42 gektar ekin maydoniga bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda uy-joy qurib olinganligi sababli ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida 2018-yilda Farg‘ona tumani “Fayzobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 24 nafar fuqaro tumandagi muqobil mashina traktor parki hududida joylashgan fermer xo‘jaligining hisobidagi paxta va g‘alla ekish uchun rejalashtirilgan ekin maydonlarini hech qanday vakolatga ega bo‘lmasdan, o‘zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurganligi aniqlangan.

Inspeksiyaning Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar taalluqliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Farg‘ona tuman ma’muriy sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi o‘tkazilib, mazkur ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi. Xususan, fuqarolar B.T, D.O, B.O va boshqalar fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydoniga har biri 0,8 sotix maydondan vakolatli organning hech qanday ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurib olganligi aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi bilan ularga eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют