» » O‘rmonda yo‘qolib qolgan amerikalik bola ayiq tufayli omon qolganini aytdi

O‘rmonda yo‘qolib qolgan amerikalik bola ayiq tufayli omon qolganini aytdi


The Guardian nashri sovuqda yo‘qolib qolgan uch yoshli Keysi Xeteueyning qutqarilgani haqida xabar berdi. Keysining so‘zlariga ko‘ra, unga ayiq yordam bergan, hayvon bolani ikki kun qo‘riqlagan. Bola buvisining orqa hovlisida o‘ynayotgan vaqtda yo‘qolib qolgan va ob-havoga mos kiyinmagan bo‘lgan — o‘sha vaqtda havo harorati to‘rt daraja sovuqni tashkil qilgan, deb yozmoqda TJournal.

Bola o‘rtoqlari bilan orqa hovlida o‘ynab yurgan vaqtda yo‘qolib qolgan. Buni bilgan ota-ona politsiyaga xabar bergan. Politsiyachilar bolaning qalin kiyinmagani va sovuq tushishi sababli uning hayoti xavf ostida ekanligini aytgan. Bolani qidirishga vertolyotlar, dronlar, maxsus politsiya bo‘linmasi, dayverlar jamoasi va yuzlab ko‘ngillilar jalb qilingan. Ular o‘rmonni ikki kun kezib chiqqan, biroq bolaning hech qanday izini topa olmagan. Havoning to‘satdan yomonlashishi sababli qidiruvlar to‘xtatilgan.

Keysi kichik orolchada topilgan. Qutqaruvchilar bolaning chakalakzorda adashib qolganini payqagan. Ular bolaning oldiga borish uchun beli baravar suvdan kechib borishga majbur bo‘lgan. Uyga qaytgach, Keysi unga mahalliy o‘rmonda yashovchi qora ayiq ikki kun davomida yordam berganini aytgan. Bolaning aytishicha, hayvon uning do‘sti bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют