» » Maldiv orollarida besh nafar sayyoh vafot etdi, endi u yerdagi barcha kurortlar tekshiriladi

Maldiv orollarida besh nafar sayyoh vafot etdi, endi u yerdagi barcha kurortlar tekshiriladi


Maldiv orollarida barcha sayyohlik obyektlari suvda dam olish va yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi tekshirilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Orollar hukumati mahalliy kurortlarda besh nafar xorijlik sayyoh cho‘kib ketganidan keyin tekshiruvni boshlagan. Ularning orasida dayving bilan shug‘ullanish vaqtida halok bo‘lgan 40 yoshli rossiyalik erkak ham bo‘lgan. Rasmiylar o‘limning sababi va baxtsiz hodisaning qayerda yuz berganini oshkor qilmayapti.

Shuningdek, Maldivda 84 yoshli chexiyalik erkak va 66 yoshli Janubiy koreyalik sayyoh erkak, asal oyini o‘tkazayotgan filippinlik juftlik halok bo‘lgan. Juftlikning o‘limiga Diffushi oroli yaqinidagi kuchli oqim sabab bo‘lgan. Mutassaddilarining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili arxipelagda 31 kishi cho‘kib ketgan.

Bundan tashqari, yil boshidan buyon Maldiv kurortlarida ikkita yong‘in yuz bergan, xususan, Fleshenbel kurortida yetttita villa va restoran yonib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют