» » Dubayda ishdagi gender tengligi uchun davlat mukofoti berildi, u faqat erkaklarga topshirildi

Dubayda ishdagi gender tengligi uchun davlat mukofoti berildi, u faqat erkaklarga topshirildi


Dubay shayxi Muhammad ibn Rashid al Maktum ish joylarida gender tengligini rivojlantirganlik uchun beriladigan davlat mukofotini topshirdi. 2018-yil uchun mukofotlar faqat erkaklarga topshirilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Sertifikatlar va medallar bir nechta nominatsiyada topshirilgan: “Gender tengligini qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi davlat organi”, “Gender tengligini qo‘llab-quvvatlovchi eng yaxshi federal organ”, “Gender tengligi sohasida eng yaxshi tashabbus”. Mukofotlar moliya vazirligi, raqobat va statistika bo‘yicha federal boshqarma va inson resurslari vazirligiga nasib etgan. Bosh vazir o‘rinbosari ham “Gender tengligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yil odami” mukofotini qo‘lga kiritgan.

BAAda 2015-yildan buyon davlat muassasalariga ish jarayonida gender tengligini ta’minlash bo‘yicha ma’lum natijaga erishganlik uchun yo‘naltiriladigan mukofot puli mavjud.

BMT Taraqqiyot dasturining statistikasiga ko‘ra, 2015-yilda BAA mehnat bozorida 135 ming nafar ayol kishi bo‘lgan, 1975-yilda esa bu ko‘rsatkich atigi ming kishini tashkil qilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar mamlakat gender siyosatining rivojlanish darajasi bo‘yicha Fors ko‘rfazi davlatlari orasida birinchi o‘rinda ekanligini ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют