» » Samarqandda Birinchi Prezident o‘qigan maktabda xotira tadbiri o‘tkazildi

Samarqandda Birinchi Prezident o‘qigan maktabda xotira tadbiri o‘tkazildi


Samarqand shahridagi 21-umumta’lim maktabida Birinchi Prezident tavalludining 81 yilligi munosabati bilan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda.

Unda Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoatchilik fondi rahbari Tatyana Karimova, Birinchi prezidentning do‘stlari, yaqinlari uning hayoti, faoliyati, amalga oshirgan islohotlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. Maktab o‘quvchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi, Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan she’rlar aytildi.

Tadbir yakunida tashkilotchilar va faol o‘quvchilarga Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mehmonlar Birinchi Prezident o‘qigan maktab tarixi muzeyi bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют