» » 2008-yilda Amir Temur xiyobonidagi daraxtlar kesib tashlangan edi. Bu ish qonun doirasida qilinganmidi?

2008-yilda Amir Temur xiyobonidagi daraxtlar kesib tashlangan edi. Bu ish qonun doirasida qilinganmidi?


28-yanvar kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi press-xollida “Mamlakatimizda ekologik muhitni yanada yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Anjumanda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutasaddilari OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ana shunday savollardan biri 2008-yilda Amir Temur xiyobonidagi daraxtlarning kesib tashlangani qonuniy yoki noqonuniy amalga oshirilgani haqida bo‘ldi.

“Daraxtlarning kesilishi qonuniy yoki noqonuniyligi to‘g‘risida Sud organlari qaror chiqaradi. Men hozir 10 yil oldin bo‘lib o‘tgan voqeani sharhlab o‘tirmoqchi emasman. Men 2019-yildagi ma’lumotlar haqida gapira olishim mumkin. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida daraxtlarni noqonuniy kesish hamda buning uchun tayinlanadigan ma’muriy jazo choralari aniq-tiniq yozib qo‘yilgan. Joriy yilning 28 kuni mobaynida prokuraturaga 2 ta holat bo‘yicha taqdimnoma kiritildi. Jumladan, hozirda Uchtepa tumanida sodir etilgan holat yuzasidan 128 mln so‘mlik, Chilonzor tumanida yuz bergan holat bo‘yicha esa 180 million so‘mlik jarima undirish da’vosi ko‘rib chiqilmoqda”, – dedi Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют