» » Toshkentda 2018-yilda 1 mlrd so‘mdan ortiq to‘lov evaziga 3840 dona daraxt kesildi

Toshkentda 2018-yilda 1 mlrd so‘mdan ortiq to‘lov evaziga 3840 dona daraxt kesildi


2018-yil 27-iyunidan 31-dekabriga qadar Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga 10 ming tupdan ortiq daraxtni kesish bo‘yicha murojaat tushgan. Bu haqda boshqarma boshlig‘i Nodir Yunusov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Shulardan 3 201 tup daraxt saqlab qolingan. 1 899 tup daraxt ‘O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘ri-sida’i Qonunning 37-moddasi 3-qismiga asosan to‘lovsiz qirqilgan. 388 tup daraxt davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlar qurilishi munosabati bilan qirqilgan. 3 840 dona daraxt esa 1 milliard 44 million 908 ming 436 so‘mlik to‘lov puli evaziga yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga ko‘ra qirqilgan”, — deydi Nodir Yunusov.

Nodir Yunusovning ma’lum qilishicha, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda “Shahardagi daraxtlar bo‘yicha strategiya” ishlab chiqilgan. Bu loyiha aslida strategiyaning dastlabki xomaki ko‘rinishi bo‘lib, uni mutaxassislar va ilmiy institut xodimlarining takliflari asosida to‘ldirish, kengaytirish talab etiladi. Hozirda MDH davlatlari shaharlarida mavjud loyihaviy ishlanmalar andoza sifatida o‘rganib chiqilmoqda. Yangi strategiya avgust oyiga qadar Toshkent shahri miqyosida tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda.

“Toshkent shahrida ko‘kalamzorlashtirish konsepsiyasi mavjud emas. Bizga shunday konsepsiya kerak, u nafaqat daraxtlarni ekish va parvarish qilish, balki mavjud barcha daraxtlarni muhofaza qilish, sanitar tarzda, dori vositalaridan foydalangan holda sog‘lomligini saqlab qolish kabi dolzarb masalalarni ham qamrab olishi lozim”, – dedi Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusov.

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutasaddilarining bildirishicha, daraxtlarning noqonuniy kesilishini bartaraf etish borasida 2 ta vazifa ko‘zda tutilgan.

Birinchidan, yagona ma’lumot almashish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu tizim orqali har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs murojaatlarini boshqarmaning ma’lumotlar bazasiga jo‘natishi mumkin bo‘ladi. Tumanlarda tashkil etilgan inspeksiya xodimlari murojaatda ko‘rsatilgan hududga operativ tarzda, yarim-bir soat ichida yetib boradi hamda belgilangan tartibda chora ko‘radi.

Ikkinchidan, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi 15-fevral kuni ishga tushadigan rasmiy saytida daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalar haqida o‘z vaqtida va to‘laqonli ma’lumotlar joylashtirib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют