» » Toshkentda “Aqlli tarmoqlar” loyihasi taqdim etildi

Toshkentda “Aqlli tarmoqlar” loyihasi taqdim etildi


28-yanvar kuni poytaxtning Hyatt Regency mehmonxonasida tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari, mutaxassislari AQShlik ishlab chiquvchi va investorlar bilan Smart Grid + Wi-Fi 2.0 texnologiyasi va boshqa istiqbolli loyihalar muhokama qilindi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi “Dreyfus Capital” kompaniyasi (AQSh) bilan hamkorlikda Wi-Fi tizimiga ulangan so‘nggi avloddagi elektr energiyasini taqsimlanishini, iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning innovatsion tizimini joriy etish bo‘yicha Smart Grid (smart grid – aqlli tarmoqlar) loyihasini ishlab chiqmoqda. Istiqbolda gaz, suv va issiqlik ta’minoti hisobini yuritish tizimlarini joriy qilish ham ko‘zda tutilgan.

Mamlakat iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi energetik kompleksning barqaror ishlashi, iste’molchilarning elektr va issiqlik energiyasiga ehtiyojini qondirishga bog‘liq.

Iste’molchilarning elektr energiyasiga ehtiyojini qondirishda energiyani bus-butunligicha ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazish juda muhim sanaladi.

Jahon bankining ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda elektr energiyasini uzatish va tarqatish jarayonida umumiy yo‘qotishlar 20 foizdan ziyodni tashkil etadi – bu, masalan, Germaniyadagi xuddi shunday ko‘rsatkichlardan besh barobar ko‘pdir.

Tadbirda sohadagi vazirlik va idoralari bilan elektr, gaz va suv ta’minoti hisobini yuritish muammolari muhokama qilindi. Shuningdek, AQShning Delta Energy & Communications, Inc. kompaniyasi tomonidan “Smart Grid aqlli tarmoq” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishda axborot va kommunikatsion tarmoqlardan foydalanuvchi mazkur zamonaviy tarmoq elektr energiya ishlab chiqarish va tarqatishning samaradorligini, ishonchliligini, iqtisodiy foydani oshiradi, sohaning barqarorligini ta’minlaydi.

AQShning Delta Energy & Communications, Inc. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan Smart Hub uskunasi ko‘p sonli manbalardan axborotni to‘plab (o‘lchov datchiklari, aloqa moslamalari va h.), yuqori tezlikda iste’molchilarga uzatish imkoniyatiga ega. Mazkur moslamani mavjud transformatorlarga o‘rnatish taklif etilmoqda. Tizim ishlashi uchun iste’molchilar ulanish nuqtalarida Wi-Fi kanali orqali axborotni uzatish va nazorat qilish imkonini beruvchi elektr o‘lchov asboblari talab etiladi.

Bunda onlayn rejimda uzatilgan va iste’mol qilingan elektr energiyasi, gaz, suv hajmlari, transformatorlar va elektr tarmog‘ining boshqa kommutatsiya uskunalarining ishlash ko‘rsatkichlari, yuzaga kelayotgan nosozliklar va tarmoqqa ruxsatsiz ulanishlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, texnik yo‘qotishlar hajmini aniqlash va tarmoq ishini avtomatik rejimda optimallashtirish, uskuna nosozligini o‘z vaqtida tezkor aniqlash va mazkur nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralarni qo‘llash, tarmoqqa ruxsatsiz ulanish holatlarini tezkor aniqlab, vakolatli organlar bilan hamkorlikda tegishli tartibda bunday holatlarni bartaraf etish imkoniyatlarini beradi.

Uskuna tabiiy gaz, sovuq va issiq suv ta’minoti hisobini yuritish o‘lchovlaridan axborot olish, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligini aloqa kanallari bilan ta’minlash, internet, televideniye, uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi.

Tizim, shuningdek, internet tarmog‘iga ulanish va uning tezligini oshirishga xizmat qiladi. Pilot loyihani yangi qurilgan uy-joylarda amalga oshirish mumkin. Natijada, mazkur tizim “Aqlli shahar” konsepsiyasini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.

Loyihani amalga oshirish haqidagi qaror tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan muzokaralardan so‘ng qabul qilinadi. Bunda loyihani Dreyfus Capital va Ardmore Capital (AQSh) investitsiya kompaniyalari moliyalashtirishga tayyorgarlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют