» » O‘zbekistonliklarning Qozog‘istonda muzlab qolishiga yana bir bahya qoldi

O‘zbekistonliklarning Qozog‘istonda muzlab qolishiga yana bir bahya qoldi


Ichida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan avtobus buzilib qolganligi sababli yo‘lda qolib ketgan, deya xabar beradi “Sputnik”.

54 kishini Turkiston viloyatidan Yekaterinburgga olib o‘tayotgan transport vositasi texnik nosozlik sababli juda sovuq ob-havo hukmronlik qilayotgan Petropavlovsk chegarasida to‘xtab qolgan.

Batalon patrul politsiyasi buzilgan avtobusni ko‘rmaganida yupun kiyingan odamlar muzlab qolishi mumkin edi. Politsiyachilar haydovchiga texnik xizmat ko‘rsatish ustasini topishga va ehtiyot qism sotib olishga ko‘mak bergan.

Yo‘lovchilar avtobusdagi nosozlik bartaraf etilgunga qadar vaqtincha boshpanaga joylashtirilgan.

Patrul xizmati tun-u kun avtobus yonida navbatchilik qilib, uning bus-butun saqlanishini nazorat qilgan. Ertasi kuni ta’mirlangan avtobus yo‘lida davom etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют