» » Kesilgan daraxt o‘rniga 10 ta ko‘chat: Bahorda Toshkent shahrida 409 mingta daraxt ekiladi

Kesilgan daraxt o‘rniga 10 ta ko‘chat: Bahorda Toshkent shahrida 409 mingta daraxt ekiladi


2019-yilning bahor mavsumida Toshkent shahar hududida 409 ming dona manzarali va mevali daraxt ekilishi belgilangan. Bu haqda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Daraxtlarni ekish rejasiga asosan birinchi navbatda kesilgan daraxtlar o‘rniga hamda har bir dona kesilgan daraxt o‘rniga 10 tup daraxt ekilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘chat ekilgan obyektlarga mas’ullarni biriktirish, ular tomonidan ko‘chatlarni mavsum davomida parvarishlash, ularni zararkunandalardan himoya qilish va payxon etilishining oldini olish choralari ko‘rilgan”, — deydi Nodir Yunusov.

Qayd etilishicha, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tasarrufidagi tuzilmalar daraxtlarni kesishga ruxsat beruvchi organ hisoblanmaydi, xulosa beruvchi tashkilot sanaladi. Ushbu xulosa asosida joylardagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi. Daraxtlarni kesish vakolati Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli.

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan 2018-yil mobaynida 5 milliondan ortiq mavsumiy gul ko‘chatlari ekildi.

2019-yilda 11 million dona mavsumiy gul ko‘chatlari hamda 18 ming dona manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati vakili Sevara Davlatovaning ma’lum qilishicha, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda 2019-yilning 1-iyuniga qadar respublika hududidagi barcha daraxtlar xatlovlardan o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют