» » Toshkentda talaba YPX inspektoriga tajovuz qildi

Toshkentda talaba YPX inspektoriga tajovuz qildi


Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitning Toshkent shahar YPX inspektoriga qarshi noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgani aks etgan video tarqaldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea joriy yilning 25-yanvar kuni soat taxminan 14:00 da Toshkentning Navoiy ko‘chasi joylashgan Toshkent Kimyo texnologiya instituti qarshisida sodir bo‘lgan. Unda YPX inspektori Matiz va Cobalt mashinalari haydovchilarining yo‘l qoidasini buzganligini aniqlangan.

Cobalt mashinasini transport vositalari to‘xtash taqiqlangan yo‘l belgisi qo‘yilgan joyda to‘xtatgan ushbu institutning 4-bosqich talabasi 25-yoshli Sardorshayx Yu., YPX inspektoriga o‘z xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan.

Ya’ni, inspektor qo‘lidan ratsiya, Matiz mashinasi haydovchisiga nisbatan tuzilgan ma’muriy bayonnoma va unga qarashli haydovchilik guvohnomasini tortib olgan.

Sardorshayx Yu. inspektorga haqorat so‘zlar aytib uni janjallashishga undagan va bularning barchasini telefonida videoga olgan. Voqea joyiga yetib kelgan Milliy gvardiya va IIBB xodimlari Sardorshayx Yu.ni ichki ishlar tayanch punktiga olib ketgan.

To‘plangan ma’lumotlar Shayxontohur tumani prokuraturasiga yetkazilgan bo‘lib, Sardorshayx Yu.ga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют