» » Iroq qo‘shinlari Mosuldagi milliy muzey va markaziy bank binolarini ozod qildi

Iroq qo‘shinlari Mosuldagi milliy muzey va markaziy bank binolarini ozod qildi


Iroq hukumat kuchlari harbiy qismlari terrorchilar qo‘li ostidagi G‘arbiy Mosulning markaziy dahalariga chuqurroq kirib bormoqda, deb yozadi “TASS”.

Shafaq News yangiliklar portali xabariga ko‘ra, harbiylar milliy muzey, markaziy bank, Naynov provinsiyasi va shahri ma’muriyati binolarini ozod etgan.

Mosulning g‘arbiy va sharqiy qirg‘oqlarini birlashtiruvchi beshta ko‘prikning ikkitasi to‘liq hukumat nazorati ostiga qaytarildi.

Avvalroq Iroq hukumat kuchlari harbiy qismlari IShID guruhi jangarilarini Mosuldagi bosh hukumat binosidan siqib chiqargan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют