» » Vashingtonda qizamiq sababli favqulodda holat e’lon qilindi

Vashingtonda qizamiq sababli favqulodda holat e’lon qilindi


Qizamiq kasalligi avj olishi oqibatida kamida 25 nafar bola kasallanganligi tufayli 25-yanvar kuni Vashington gubernatori sog‘liqni saqlash borasida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Qizamiq — juda tez yuquvchi keng tarqalgan kasallik. Uni emlash orqali oldini olish mumkin, biroq Vashington tibbiy bo‘lmagan sabablarga ko‘ra emlashni rad etish mumkin bo‘lgan AQShning 18 shtatlaridan biri. U AQShda emlanmagan bolalar soni ko‘p bo‘lgan shtatlardan biri hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, emlashni rad etishga huquqiy jihatdan ruxsat berilgani va emlashga qarshi bo‘lganlar harakatining kuchayishi xavfli kasallik tarqalishi darajasini kuchaytirmoqda. Mutaxasislarning aytishicha, yaqin oylar ichida vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

AQShda emlash joriy etilishidan avval har yili 400 dan 500 nafargacha bola kasallikdan vafot etgan. Yana mingga yaqin bolalarda xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan bosh miya shishi rivojlangan.

1960-yilda emlashning joriy etilishi esa bu kasallik bilan og‘rish darajasining kamayishiga yordam bergan. Ammo ba’zi ota-onalar emlashga qarshi bo‘lib, ularning soni so‘nggi o‘n yil ichida yana oshgan. Xususan, Aydaxo shtatida bolalar bog‘chasidagi 25 foiz bolalar kasallikka qarshi emlanmagan. Ular emlash autizm kasalligi bilan bog‘liq bo‘lishi va farzandlarining “o‘zgarishi” mumkinligidan qo‘rqib, hamon emlashdan bosh tortmoqda. AQSh tibbiyot fanlari esa bunday qo‘rquvni asossiz deb ta’kidlaydi.

Vashington sog‘liqni saqlash departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2017—2018-yillarda qizamiq bilan og‘rigan bolalarning deyarli hech biri emlanmagan.

“Bunday holatga hech qachon yo‘l qo‘ymaslik kerak edi, — deydi Beylor tibbiyot kolleji Tropik tibbiyot bo‘yicha milliy maktab dekani, doktor Piter Xotez. — Bu shtatda emlashga qarshi bo‘lganlarning ko‘pligi oqibatidir. Epidemiya ma’lum vaqt tarqalishda davom etadi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют