» » Megan Markl qirollik qoidalarini buzmoqda (foto)

Megan Markl qirollik qoidalarini buzmoqda (foto)


Britaniya shahzodasi Garri yoshligidan qirollik oilasiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari bilan hammani hayron qoldirgan. Turmush o‘rtoq tanlashda ham o‘ziga mos ayolni tanlagan. Bu haqda Forum Daily Woman xabar berdi.

Shahzoda 17 yoshida giyohvand moddalar va noqonuniy alkogol ichimliklaridan iste’mol qilgani uchun maxsus muassasaga joylashtirilgan edi. Keyin esa armiyada turli janjallar chiqargan.

Rafiqasi sifatida ham xuddi o‘ziga o‘xshab, doim tanqidga sabab bo‘ladigan va atrofdagilar nima o‘ylashidan xavotr olmaydigan ayolni tanlagan. Yarim afroamerikalik, uning ustiga avval turmush qurib, ajrashgan Megan Markl saroyda taqiqlangan ishlarni bajarmoqda.

Qirolicha bilan kutilgan Rojdestvo

O‘tgan yili dekabrda hali kelin bo‘lishga ulgurmagan Megan Rojdestvoni Kensington saroyida qirollik oilasi bilan nishonlagan. Bu esa qirollik qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi.

Tirnoqlarga surtilgan yorqin bo‘yoq

View this post on Instagram

Меган Маркл специально вышла на сцену, чтобы вручить статуэтку дизайнеру, которая была создателем ее свадебного платья?????? #spletnik_video #meghanmarkle #royal

A post shared by Spletnik (@spletnik_ru) on

30 yil davomida qirolicha Yelizaveta tirnoqlarini och pushti rangda bo‘yagan. Bu qirolicha ishlatadigan oddiy tirnoq bo‘yog‘i emas, balki u saroyda ko‘rishni xohlagan yagona bo‘yoq ekanini hamma bilgan. Qolgan barcha ranglar vulgar hisoblanadi. Ammo Megan homilador paytida moda ko‘rgazmalarining biriga qora ko‘ylakda va tirnoqlariga burgun vinosining rangidagi bo‘yoq surtilgan holda borgan.

Megan Vanity Fair muqovasida

Avval ham qirollik oilasi a’zolari jurnal muqovalarida chiqishgan. Lekin hali nikoh o‘qilmasdan turib, Garri bilan shaxsiy hayoti haqida jurnalistlarga hamma narsani ochiq aytgan yagona ayol Megan bo‘lgan. Konservativ britaniyaliklar uchun bu yoqimsiz hol bo‘lgan. Ammo keng fikrlaydigan odamlar Meganni to‘g‘ri qabul qilishgan: yosh juftlik bir-birini qattiq sevadi va butun dunyoga baxti haqida jar solishga tayyor.

O‘z o‘ziga shveytsar

Megan Sasseks gersoginyasi unvonini olgandan keyin bo‘lgan voqea hammani hayron qoldirgan. O‘sha kuni u eri bilan London qirollik akademiyasiga borgan. Mashinadan qimmatbaho ko‘ylakda tushgan Megan eshikni o‘zi yopgan.

Yelkaga osilgan sumka

2018-yil 13-fevral kuni Megan Edingburg qasriga mashhur brend liboslarni kiyib borgan. Ammo kichik detal hamma urinishni yo‘qqa chiqargan — u sumkasini yelkasiga osgan. Bu telefon, lab bo‘yog‘i va boshqa mayda narsalarni olib yurish uchun qulay, ammo qirollik oilasida bunday qilinmaydi. An’anaga ko‘ra, qizlar qo‘lida klatch ko‘tarib yuradi. Bu bilan qo‘l siqib ko‘rishishdan o‘zini himoya qiladi.

Ayvonga ilk bor chiqish – yengsiz ko‘ylak

Megan 2018-yil 9-iyunda qirolicha Yelizavetaning tug‘ilgan kunida Bukingem saroyining ayvonidan birinchi marta ko‘ringan. U yengsiz och pushti ko‘ylak kiyib olgan edi. Qirollikning yozilmagan qonunlariga ko‘ra, bunday tadbirlar uchun yengsiz ko‘ylak o‘ta ochiq kiyim hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют