» » Dunyo xaritasiga kiritilmagan shaharlar (foto)

Dunyo xaritasiga kiritilmagan shaharlar (foto)


Yopiq shahar tushunchasi Sobiq Ittifoq davrida paydo bo‘lgan. Aynan o‘shanda devor bilan o‘ralgan birinchi aholi punktlari qurilgan. Unga faqat ruxsatnoma orqali kirish mumkin bo‘lgan. Umuman olganda, bunday shaharlarda hayot oddiy davom etgan, faqat harbiy obyektlar, qurol ishlab chiqarish (kimyoviy yoki oddiy) yoki radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash zavodlari bo‘lgan. TravelAsk mana shunday shaharlar suratini taqdim etdi.

Keyinchalik yopiq shaharlar boshqa mamlakatlarda — Qatardan tortib, AQShgacha bo‘lgan mamlakatlarda paydo bo‘lgan. Biroq, soni bo‘yicha Rossiya yetakchilikni egallab turibdi. Bugungi kunda mamlakatda 39 ta yopiq shahar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Avstriyalik fotosuratchi Gregor Zayler ayan shunaqa shaharlarni rasmga olgan. U rasmlarida dunyodan umuman uzilib qolgan hududlarni ko‘rsatgan. Ular nafaqat devor bilan, balki qurollar, harbiy harakatlar, o‘ta noqulay iqlim va ishga layoqatliligi bilan ham dunyodan uzilib qolgan. Xomashyo konlari, qochqinlar lagerlari, harbiy bazalar, boylar uchun qishloqlar — buning hammasi avstriyalik suratchining fotoapparitga tushgan. Uning fotosuratlari  XXI asrning boshida dunyomizning mohiyatini va muammolarini aks ettiradi: iqlim o‘zgarishi, siyosiy nizolar, katta tezlikda tugab borayotgan yer resurslari va mutlaq xavfsizlikka bo‘lgan talab.

Loyiha ustida ishlayotgan Zayler turli qiyinchiliklarga duch kelgan. U aholi punktlaridan bitta-bittadan ma’lumot to‘plab chiqishiga to‘g‘ri kelgan, chunki ochiq ma’lumotni boshqa hech qayerda yo‘q.

Ammo harbiy bazalarda, qochqinlar lagerlarida doimiy nazorat ostida va qurollangan kishilar bilan ishlash qiyin kechgan. Boshqa sinovlar ham fotografning ulushiga tushib qoldi — iqlim: Qatarda + 65 ° C, Rossiyada esa -50 ° C, ko‘pincha ko‘chada ishlashning iloji yo‘q edi.

2. Rossiya: Mirniy, Yoqutiston

3. Jazoir/G‘arbiy Sahara: Rabuni

4. Ozarbayjon: Neft konlari

5. Qatar: Ras-Laffan

6. Jazoir/G‘arbiy Sahara: Smara

7. Jazoir/G‘arbiy Sahara: Eskuela 27 Febrero

8. Chili: Chukikamata



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют