» » Jurnalistlar Melaniya Trampdan yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun uzr so‘radi

Jurnalistlar Melaniya Trampdan yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun uzr so‘radi


Britaniyaning The Daily Telegraph nashri Melaniya Trampdan u haqida tarqatgan yolg‘on ma’lumotlari uchun uzr so‘rab, unga badal puli to‘lagan, deya xabar beradi “ForumDaily Woman”.

The Daily Telegraph “Melaniyaning sirlari” maqolasida chop etish lozim bo‘lmagan xato ma’lumotlar borligini tan olgan.

“Tramp xonimning otasi maqolada ko‘rsatilgani kabi oilasiga juda qattiqqo‘l va qo‘rquv uyg‘otadigan inson bo‘lmagan. Melaniya universitetdagi dizayn va arxitektura kursini imtihonlardagi qiyinchiliklar sabab emas, shunchaki faoliyatini professional model sifatida davom ettirmoqchi bo‘lgani sabab tashlagan. Melaniya modellik faoliyatidagi muvafaqqiyatlarga Trampdan oldin ham erishgan bo‘lgan”, — deyiladi raddiyada.

Maqola Amerikalik jurnalist Nina Berlining Tramp ayollarining tarixi haqidagi hikoyalari asosida yozilgan.

“Biz Tramp xonim turmush o‘rtog‘ini uchratishdan oldin ham omadli model bo‘lganligini bilamiz. Shuningdek, maqolada Tramp xonimning ota-onasi va singlisi Nyu-Yorkka 2005-yilda Trampga tegishli binolarda yashashi uchun ko‘chib o‘tilgan deyilgani uchun ham uzr so‘raymiz. Aslida unday emas. Tramp xonimning saylov kuni tunda yig‘lab chiqqani haqidagi ma’lumotlar ham xato berilgan. Biz birinchi xonim va uning oilasidan so‘zsiz uzr so‘raymiz. Afsusimiz belgisi sifatida biz Tramp xonimga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun tovon to‘lashga tayyormiz”, — deyiladi raddiyada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют