» » Samsung Galaxy M10 va M20: dastlabki o‘yindi ekranli Samsung smartfonlari

Samsung Galaxy M10 va M20: dastlabki o‘yindi ekranli Samsung smartfonlari


Galaxy M kompaniyasi Hindistonda yangi mahsulotini namoyish etdi. Uning vazifasi Xiaomi kabi xitoy kompaniyalari bilan raqobatlashishdir. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar berdi.

M10 va M20 smartfonlari taqdim etiluvchi ikkita smartfon Samsung Infinity-V o‘yindili ekraniga ega.

Galaxy M20 smartfoni 6,3 dyuymli ekranga ega (1080 ? 2340), tomonlari mos ravishda 19,5: 9. To‘rt yadroli Exynos 7904 protsessori bilan jihozlangan. Samsung Galaxy M20 modelining ikki xil versiyasi bor: 3 + 32 Gb va 4 + 64 Gb xotirali. Batareyasi esa 5000 mAs. Bu degani foydalanuvchi uzoq vaqt davomida batareyani avtonom ishlatishi mumkin.

Samsung Galaxy M10 6,22 dyuymli displeyga ega (720 ? 1520), tomonlari 19,5: 9. Exynos 7870 chiplari uning quvvatini tejaydi, chunki batareya sig‘imi 3400 mAs.

Har ikkala qurilmaning ikkita asosiy kamerasi, ya’ni 13 megapikselli asosiy kamera (F1.9) va qo‘shimcha 5 megapikselli kameraga (F2.2) ega.

Barmoq izlari skaneri orqa tomonda joylashgan. Gadjetlar USB-C porti va quloqchinlar uchun maxsus ulagichga ega.

Samsung Galaxy M10 narxi 7990 rupiya (7,5 ming rubl), Galaxy M20 esa 10 990 rupiya (10 ming rubl) etib belgilangan. Har ikkala gadjet 5-fevraldan Hindistonda qora va ko‘k rangda savdoga chiqadi. Rossiyada qachon sotilishi esa hali noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют